ⓘ Daryo suvchanligi - daryoda muayyan vaqt davomida ortacha kop yillik korsatkichlar ga nisbatan oqib otgan suv miqdori. D. s. absolyut yoki nisbiy birliklarda if ..

                                     

ⓘ Daryo suvchanligi

Daryo suvchanligi - daryoda muayyan vaqt davomida ortacha kop yillik korsatkichlar ga nisbatan oqib otgan suv miqdori. D. s. absolyut yoki nisbiy birliklarda ifodalanadi. D. s. haqida malumot q. x.ni suv bilan taminlash sistemasidagi eng muhim elementdir. Suvchanlikning ozgarishi daryo havzasining suv va issiqlik balansini belgilovchi meteorologik omillarning davriyligiga bogliq. D. s.ga yogin miqdori, uning yillar va balandlik zonalari boylab taqsimlanishi; quyosh radianiyasining intensivligi; havo harorati; tuproq qatlamining holati va b. omillar tasir etadi. Bu omillarning mavsumiy davriyligi D. s.ning yil davomida ozgarishiga, yillar boylab davriyligi esa turli suvchanlik yillarining almashinuviga sabab boladi.

Orta Osiyoda daryolar, asosan toglardan boshlangani sababli havzaning balandligi oshgan sari D. s kamayib boradi. Doimiy muzliklar va qorliklar erishi hisobiga hosil boluvchi D. s. turgun, yomgirlardan hosil boluvchi D. s esa koproq ozgaruvchan boladi. Daryo yillik oqimining ozgaruvchanligi variatsiya koeffitsiyenti orqali Cv aniklanadi. Muzlik-qorliklarda hosil boluvchi daryolar Vaxsh, Zarafshon uchun Cv-0.10 - 0.15, qorlik-muzliklardan suv oladigan daryolar uchun 0.15 - 0.25, qorlik va qor-yomgirlardan toyinadigan daryolar Ohangaron, Keles uchun 0.25 va undan katta. Soy va jilgalarning yillik oqimlari uchun Cv 1 dan ham katta bolishi mumkin.

Oqim hosil qiluvchi jarayonlar inersiyasi tufayli turli suvchanlik-ka ega bolgan yillar sikllarga guruhlanadi. Sersuv, ortacha suvli va kamsuv sikllar mavjud. Sikllar suvchanlik davomiyligi va uning ortacha korsatkichlardan ogish kattaligiga qarab farqlanadi. Mac, Amudaryoda 10 yillik, Norin daryosida 2 - 3 va 10 - 11 yillik, Chirchiq daryosida 5 - 6 yillik davriylik kuzatiladi. Suvchanlik boyicha ekstremal yillarda muzlikqorlik hamda qorlik-muzliklardan hosil boluvchi daryolar oqimi normadan 30% va undan koproq, qor-yomgir hamda yomgirlardan toyinadigan daryolar oqimi 50 - 60% farq qiladi. Turli daryolar oqimining ozgarishlari ayrim yillarda ozaro muvofiq kelishi yoki muvofiq kelmasligi sinxronlik yoki asinxronlik tushunchasi bilan ifodalanadi. Orta Osiyodagi D. s ozgarishlaridagi maksimal muvofiqlik suvchanlik boyicha ekstremal yillarda kuzatiladi. Mac, suv eng kam bolgan 1974 y.da Amudaryo va Sirdaryo havzasining hamma hududida oqim normadan juda kam bolgan. Turli havzalarda D. s.ning ozgarib turishidagi nomuvofiklik daryolarni havzalararo oqizishii taqozo etadi.

Toshtemir Bekmurodov.