ⓘ Dasht - qora va kashtan tuproqlarda chim hosil qiluvchi galla gulli ot osimliklari osadigan zonal landshaft tipi. Shim. va Jan. yarim sharlarda qurukliklarning ..

                                     

ⓘ Dasht

Dasht - qora va kashtan tuproqlarda chim hosil qiluvchi galla gulli ot osimliklari osadigan zonal landshaft tipi. Shim. va Jan. yarim sharlarda qurukliklarning ichki qismlaridagi motadil va subtropik mintaqalarda dasht zonalarini hosil qiladi. Yevrosiyoda bu zona Orta Dunay pasttekisligidan boshlanib, Ukraina, Rossiyaning Yevropa qismi jan.dan otib, Qozogiston orqali Oltoy tog etaklarigacha chozilgan. Xitoyning shim sharqida ham katta maydonni egallagan. Shim. Amerikada materikning orta qismida Kordilyera toglariga parallel ravishda shim.dan janubga chozilgan. Jan. Amerikada 30° - 40° kengliklar orasida And tog oldi tekisliklarida joylashgan. Avstraliyaning jan garbiy va jan sharqiy qismlarida, Yangi Zelandiyada ham mavjud. Turli joyda turli nom bilan ataladi: Vengriyada pushta, Ukraina va Rossiyada step, Shim. Amerikada preriya, Jan. Amerikada pampa deb yuritiladi. D. zonasi asosan tekisliklarda joylashgan. Iqlimi cholga nisbatan sernamroq, yillik yogin miqdori 400–500 mm. Yozda chuldagidek jazirama issiq bolmaydi, lekin yogin kam va yoz issiq bulganligidan Shim. yarim shardagi D. zonasining jan.da tuproklar bir oz shorlangan bolib, asta-sekin chala cholga otadi. Asosiy osimligi chalov, betaga, chillakoyoq va b. chim hosil qiluvchi ot osimliklari. Daraxt, buta uchramaydi. Hayvonlari asosan kemi-ruvchilar, tuyoqlilar; yirtqichlar ham kup. D. tuproqlari juda unumdor bulganligidan deyarli hamma joyda haydalib, ekinzorlarga aylantirilgan. Aholi yashaydigan yerlardan uzoqroq, dehqonchilik uchun noqulay joylarda D. landshaftlari saqlanib qolgan.

D. termini dala, ovloq joy, chol manolarida ham qollaniladi. Eronda - Eron yassitogligidagi toshloq chol joylar D. deyiladi. Turkmanlar quruqtoshloq yerni, armanlar keng, tekis, ochiq joyni Ararat tekisligi D. deyishadi. Arab sayyohi Ibn Battuta Qrim yarim orol bilan Itil Volga daryosi oraligidagi yerlarni D. deb atagan. U "dasht yam-yashil, gullagan hudud, unda tog ham, tepa ham, birorta dong ham yoq" deb yozgan.

Ozbekistonda D.lar tekislik yerlarda yoq. Faqat toglardagi balandlik mintaqasida mavjud. D.lar dengiz sathidan 500 m va 1200–1300 m balandliklar orasida bugdoyiq va har xil ot, efemerlar osadigan mintaqani hosil qiladi. Tuprogi toq boz va jigarrang tuproklar. Balandroq bolgani uchun qishda qor qoplami saqlanib turadi. Qish va bahorda yogin koproq boladi. Lalmikor dehqonchilik va bogdorchilikda keng foydalaniladi. 1300–3000 m balandlikda tog ormon-otlokdi D. mintaqasi joylashgan. Bu mintaqadagi barg tokuvchi ortacha quruq daraxtzor va butazorlar orasida turli xil ot osuvchi D. maydonlari uchraydi. Bu mintaqa Garbiy Tyanshan, Turkiston, Zarafshon, Hisor toglarida bor. Bu mintaqadan ekstensiv tog mevachiligida hamda qoy va echki, yilqi boqishda foydalaniladi. Bu mintaqa yaxshi rekreatsiya zonasi ham hisoblanadi.