ⓘ Dasht zonalari - tabiiy landshaftlarida kop joyni dashtlar egallagan tabiat zonalari. Shim. va Jan. yarim sharlarning motadil va subtropik mintaqalarida tarqalg ..

                                     

ⓘ Dasht zonalari

Dasht zonalari - tabiiy landshaftlarida kop joyni dashtlar egallagan tabiat zonalari. Shim. va Jan. yarim sharlarning motadil va subtropik mintaqalarida tarqalgan. 1) motadil mintaqalarning dasht zonalari. Iqlimi quruq, kontinental iqlim, suvayirgichlari ormonsiz. Qoratuproq, toq kashtan va kashtan tuproqlarda otsimon, koproq boshoqli osimliklar osadi. Yevrosiyo, Shim. Amerika hududlarida yaqqol kozga tashlanadi, Jan. Amerikaning jan.da ham uchraydi. Dasht zonalari yuzasida jami quyosh radiatsiyasining kolami yiliga 500 - 580 kj/sm2, radiatsiya balansi 145 - 190 kj/sm2. Motadil issiq, yogin kam, quyoshli yoz kam qorli sovuq qishga tez otadi. Shim. yarim sharda iyulning ortacha temperaturasi 20 - 24°, yanvarniki 0° dan - 30° gacha. Yiliga 200 mm dan 400 mm gacha yogin tushadi. Qurgoqchilik bolib turadi. Qishda qor boronlariga, yozda esa garmsel va tozonga aylanadigan kuchli shamollar bolib turadi. Dare kam, suv miqdori mavsumga qarab keskin ozgarib turadi. Govak, lyossimon jinslarning keng tarqalganligi jarlar hosil bolishiga, tabiiy osimlik qoplamining keskin kamayishiga olib keladi. Qoratuproqlar gumus va karbonatlarga boy bolgani uchun unumdor. Toq kashtan va kashtan tup-roklarda gumus kam, shortob bolganidan unumdorligi past. Dasht zonalari ning asosiy qismi haydalib ekinzorlarga aylantirilgan. Tabiiy osimliklardan bo-shoklilar bilan chalov, betaga, chillak-oyoq, qongirbosh Zabaykalye va Markaziy Osiyo dashtlarida, bizon oti, daraxtsimon osimliklar Shim. Amerikaning preriyalarida saqlanib qolgan. Ayrim joylarda butalar, daryo kayirlarida ormonlar uchraydi. Bahorda efemer va efemeroidlar usadi. Yevrosiyo Dasht zonalarining garbida qarsoq tulki, bori, sichqon, dasht olaquzani, borsiq, yumronqoziq, korsichqon, qoshoyoq, sharqida jayran, daur kirpisi va b., Shim. Amerikada bizon, burama shoxli antilopa, dasht borisi, yumronqoziqning bir necha turi, Qozogistonda dasht burguti, torgay, sudralib yuruvchilardan dasht qora iloni, kaltakesak, sariq qorinli chipor ilon, chol baqasi yashaydi.

Sharqiy Yevropa tekisligida qoriq dashtlar faqat qoriqxonalarda qolgan. Qurgoqchilik kop bulganligidan, suv va shamol eroziyasi tufayli dehqonchilik melioratsiyaga muhtoj. Dashtlarning tabiiy landshafti Jan. Sibirning botiqlarida va Markaziy Osiyo toglarida yaxshi saqlangan; 2) sub-tropik mintaqalarning dasht zonalari - iqlimi quruq issiq, tabiiy landshaftlarda ot vabuta osimliklari osadi. Asosan 25° va 40° sh. k. va j. k.lar orasida joylashgan. Shim. Amerikada Kaliforniya vodiysida, Kolorado platosida, Buyuk tekisliklarning jan. qismida, Meksika togligining ichki qismida uchraydi. Jan. Amerikada Laplata pasttekisligining va And tog oldilaridagi pampalarla, Avstraliyada - materikning jan. va jan garbiy qismidagi tekisliklarda, Zakavkazyeda Kura-Araks pasttekisligining tog oldi qismlarida uchraydi.

Dasht zonalari yuzasida jami quyosh radiatsiyasining kolami yiliga 580 - 790 kj/sm2 140 - 180 kkal/sm2, radiatsiya balansi 210 - 290 kj/sm2 50 - 70 kkal/sm2. Qishi iliq, qorsiz, eng sovuqoyning ortacha havo temperaturasi 5 - 12°, onda-sonda sovuqurish kuzatiladi. Yozi issiq, eng issiq oyning ortacha temperaturasi 20 - 25°, vegetatsiya davrini 3 - 4 oygacha qisqartiradigan tez-tez kuchli qurgoqchilik boladi. Yiliga 500 - 600 mm yogin tushadi, materiklarning sharqida maksimum yogin yozda, garbida esa qishda boladi. Yer ustki oqimlari kam, daryolari kamsuv, qurgoqchil mavsumlarda kopincha qurib qoladi. Tuproqlarida temir va alyuminiy oksidlari kop. Tuproqlarning minerallashish jarayonlari mavsumiy bolib, qurgoqchil davrda toxtaydi yoki keskin kamayadi. Kop joylarda shorlangan tuproklar shakllanadi. Tabiiy osimliklar tarkibida chimli boshoqlilar, ayrim joylarda butalar uchraydi. Daryo vodiylari ormonzor. Daryolar oraligida bazan daraxtzorlar uchraydi. Hayvonot dunyosida kemiruvchilar, tez chopar tuyoqlilar, shuningdek, sudralib yuruvchilar, hasharotlardan togriqanotlilar uchraydi. Xojaligi yaylov chorvachiligi va dehqonchilikka ixtisoslangan.