ⓘ Davoni taminlash - sud yoki arbitraj chiqaradigan qaror ijrosining asosliligini taminlovchi choralarni korish; davogar manfaatlarini himoya qilishning kafolatla ..

                                     

ⓘ Davoni taminlash

Davoni taminlash - sud yoki arbitraj chiqaradigan qaror ijrosining asosliligini taminlovchi choralarni korish; davogar manfaatlarini himoya qilishning kafolatlaridan biri. OzR FPKga binoan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga kora yoki oz tashabbusi bilan D. t. choralarini korishi mumkin. D. t. choralarini kormaslik sud chiqargan hal qiluv qarorining ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib bolmaydigan qilib qoysa, D. t.ga yol qoyiladi. Quyidagilar D.t. choralari bolishi mumkin:1) javobgarga tegishli bolgan va uning ozida yoki boshqa shaxsda turgan mol-mulk yoxud pul summasini xatlash; 2) javobgarning muayyan harakatlarni amalga oshirishini taqiqlash; 3) boshqa shaxslarning javobgarga mol-mulk berishini yoki unga nisbatan boshqa majburiyatlarni bajarishini taqiqlash; 4) mol-mulkni xatlashdan chiqarish togrisida davo qozgatilgan taqdirda, uni sotishni toxtatish; 5) agar qarzdor ijro hujjati yuzasidan davo tartibida nizolashayotgan bolsa va bunday nizolashishga qonun hujjatlarida yol qoyilsa, bu hujjat boyicha undiruvni toxtatish. Ish haqini, daromadni, pensiya va stipendiyani xatlash orqali D. t. ga yol qoyilmaydi. Zarur hrllarda sud D. t. chorasining bir necha turini qollashi mumkin, lekin umumiy summa davo bahosidan oshib ketmasligi kerak. D. t. togrisidagi ariza ishni korayotgan sudya tomonidan tushgan kuniyoq javobgarni va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarni xabardor qilmagan holda hal etiladi.