ⓘ DDT. Ushbu maqola kimyoviy modda haqidadir. Musiqa guruhi uchun DDT guruh sahifasiga qarang. DDT - insektitsid, oqish yoki malla rang kimyoviy modda. Suyuqlanis ..

                                     

ⓘ DDT

Ushbu maqola kimyoviy modda haqidadir. Musiqa guruhi uchun DDT guruh sahifasiga qarang.

DDT - insektitsid, oqish yoki malla rang kimyoviy modda. Suyuqlanish harorati - 74.5 - 93°C. Suvda yomon, spirt, benzol va boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi. 170 - 200°C gacha qizdirilganda parchalanib, vodorod xlorid hosil qiladi. Xlorbenzol va kondensatlovchi moddalar, masalan, sulfat kislota, quruq vodorod ftorid ishtirokida xloralni kondensatlash yoli bilan olinadi. 20-asrning 40 - 60-yillarida kopgina mamlakatlarda, shu jumladan Ozbekistonda ham zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda, shuningdek, bezgak parazitlari ni yoqotishda qollanilgan. Inson va hayvonlar organizmida toplanishi, atrof-muhitda biologik parchalanishga ota chidamliligi, tabiatdagi biologik muvozanatini buzishi sababli rivojlangan mamlakatlar, shu jumladan Ozbekistonda 1970-yildan ishlatish man qilingan.