ⓘ Degazatsiya - 1 zaharlangan joylar, inshootlar, harbiy texnika, jangovar qurollar, oziq-ovqat, havo, suv va b.ni zararsizlantirish. D. qiluvchi moddalar sifatid ..

                                     

ⓘ Degazatsiya

Degazatsiya - 1) zaharlangan joylar, inshootlar, harbiy texnika, jangovar qurollar, oziq-ovqat, havo, suv va b.ni zararsizlantirish. D. qiluvchi moddalar sifatida xlorli ohak, kalsiy gipoxlorit, xloraminning har xil konsentratsiyalari, ishkrrli tuzlar qollanilishi mumkin. Zaharlangan joy xlorli ohak bilan D. qilinadi, ayrim hollarda esa tuproq yoki qorning zaharlangan qatlami olib tashlanadi. Kiyim-boshlar issiq qavo yordamida, jangovar texnika va harbiy qurollar xloramin va ishqorli eritmalarni purkash yoli bilan yoki yuvuvchi eritmalar da D. qilinadi. Xonalarni zaharli moddalar bugi va gazlardan xoli qilish uchun ular shamollatiladi. D.da maxsus mashina va asboblar, oddiy suv sepish mashinalari, greyderlar, gidropult lar qollanilishi mumkin; 2) metallurgiyada - vakuumda ishlov berish yoli bilan suyuq metallar tarkibidagi gazlarni chiqarib yuborish. Kovshli, sirkulyasion va b. Usullari bor; 3) foydali qazilmalar qatlamlari va atrofdagi jinslar orasidan zararli gazlarni tabiiy yoki suniy usullar bilan chiqarib yuborish. Konlarga gaz toplanib qolishining oldini olish uchun bajariladi: 4) qishloq xojaligida - fumigatsiyaning song zaharli gaz va bug qoldiqlarini yoqotish. Havoning quruq va x.aroratning yuqori bolishi D.ni tezlashtiradi. D. aktiv va passiv usulda bajariladi. Aktiv D. don va donquritgichlar yordamida yoki quyosh taftida shopirib quritish bilan amalga oshiriladi. Passiv D.da esa fumigatsiya qilingan don, chigit va b. mahsulotlardan gaz tamoman uchib ketmaguniga qadar ularga tegilmaydi, mahsulotlar saqlanadigan omborda derazalar ochilib, yelvizak hosil qilinadi. Binoda brommetil bor-yoqligini aniqlash uchun atsetil lampasi, sham, gugurtni yondirib polga yaqinlashtiriladi, agar olov ochmasa yoki rangi ozgarmasa D. nihoyasiga yetgan hisoblanadi.