ⓘ Deygish - daryoning kuchli oqimi va suv satx,ining keskin ozgarishi nati-jasida qirgoqlarning shiddatli yuvilishi. Oqim bilan yuvilgan qirgoq opirilib, suv qayi ..

                                     

ⓘ Deygish

Deygish - daryoning kuchli oqimi va suv satx,ining keskin ozgarishi nati-jasida qirgoqlarning shiddatli yuvilishi. Oqim bilan yuvilgan qirgoq opirilib, suv qayir tomon suriladi, sohil zonasida joylashgan ekinzorlarni yuvib, irrigatsiya inshootlarini vayron qiladi, xalq xojaligiga katta zarar yetkazadi. Otmishda Xorazm vohasidagi tabiiy ofat turlaridan biri bolgan. Ya. Gulomovning yozishiga kura, Amudaryoda toshqin paytida suv sathi yerga nisbatan 0.6 - 1.6 m baland kotariladi. Shuning uchun har ikki qirg-oqning yoqasida baland dambalar qurilgan, bu dambalar vohani suv bosishdan saklagan. Dare suvi asta-sekin qirgoklarni yuvgan, bazan butun-butun joylarni yuvib ketgan, bazan esa yangi sayozliklar va orollar hosil qilgan. Bu dahshatli oqimga Xorazm vohasida maxsus "D." yoki "yiqqin" degan nomlar berilgan. D. bundan ming yil ilgari Xorazmning kad. poytaxti - Kot sh.ni butunlay yuvib, yoq qilib yuborgan. D. Amudaryonnng orta va quyi oqimida, ayniqsa, yozgi toshqin davrida tez-tez sodir boladi. Suvning kotarilishi va pasayishi kopincha 8 - 10 kun davomida roy beradi. D. daryolarda suv kamaygan davrda ham kuzatiladi. Amudaryo ozani bir necha yil davomida 5 - 6 km va undan koproq suriladi. Dare ozanida yangidan-yangi sayozlik va chuqur joylar, orolchalar paydo boladi, birok, ular bir joyda turmasdan siljib yuradi. Bu esa kanallarga suv olish ishlarini qiyinlashtiradi. 1937 y. D. oqibatida Tortkol sh. vayron bolgan. 1990 y.lardan Amudaryo quyi oqimi Tuyamoyin suv ombori orqali tartibga solingach, bu yerlarda D. xrdisasining tasiri bir oz pasaydi. D.ga karshi kurashning samarali usuli - daryo oqimi kuchini qirqadigan va qirgoqning yuvilishini kamayti-radigan togrilagich qurilmalar orna-tishdir. Amudaryoning quyi oqimida, asosan yirik suv olish inshootlari yaqinida 10 dan ortiq shunday togrilagichlar barpo etilgan. Qirgoqni yuvilishdan saklash uchun dambalar quriladi. Bir-biridan 200 - 250 m masofada qurilgan qosh dambalar eng turgun va chidamli hisoblanadi. Har 1 - 2 km birinchi va ikkinchi katorlar orasida kondalang damba barpo qilinadi. Tuproqdan yasalgan bunday kutarmalar Amudaryoning quyi oqimida ikkala qirgoq boylab 900 km dan ortiq masofada qurilgan.