ⓘ Deyok - Gerodotnnng malumotiga kora, Midiyaning dastlabki podshosi. Midiyani Ossuriya asoratidan xalos etgandan song xalq tomonidan hokimiyat tepasiga avval hak ..

                                     

ⓘ Deyok

Deyok - Gerodotnnng malumotiga kora, Midiyaning dastlabki podshosi. Midiyani Ossuriya asoratidan xalos etgandan song xalq tomonidan hokimiyat tepasiga avval hakam sifatida, songra parokanda mamlakatda uzil-kesil tartib ornatish maqsadida podshoh etib saylangan. Midiyaliklarning bir davlat ostida birlashtirgan, Ekbatana sh.ga asos solgan. Tepalik ustida bunyod etilgan shahar 7 qator mudofaa devorlari bilan orab olingan bolib, har bir devordan keyin keladigan devor ozidan oldingisidan bir pogona baland qilib qurilgan. Devorlar turli ranglarda, birinchi devor - oq, ikkinchisi - qora, uchinchisi - sargish-qizil, tortinchisi - toq kok, beshinchisi - jigarrang, oltinchisi - kumushrang, yettinchisi - zarhal rangda bolgan. Songgi mudofaa devorlari ortasida podsho saroyi va xazina qurilgan. D. aholiga devor atrofida joyla-shishni buyurgan. Saroyda quyidagicha tartib ornatilgan: biron-bir shaxsni bevosita, shunchaki podsho huzuriga kirishi man etilgan, har qanday ish boyicha podshoh bilan xizmatkorlar orqali boglanilgan. Bundan tashqari ijtimoiy kelib chiqishidan qati nazar har qanday kishini podshoh quzurida kulishi va tufurishi odobsizlik hisoblangan. Shikoyatlar podshohga yozma ravishda topshirilgan, podshohularni korib chiqqach qaytarilgan. Biror-bir yerda jinoyat sodir etilgan bolsa D. aybdorni huzuriga chaqirib qilgan gunohiga yarasha jazolagan. Butun mamlakat hududida uning xabarchilari, aygoqchilari bolgan. Aftidan, D. mil. av. 715 y.da ossuriylar tomonidan asir qilib olib ketilgan va ossuriy yozuvlarida asirlar qatorida nomi keltirilgan midiyalik hukmdorlardan biri Dayaukku bilan aynan bir shaxs bolsa kerak. Mil. av. 713 y.da Sargon tomonidan tobe ettirilgan Midiyada Bit-Daiakku deb atalgan butun bir viloyatning mavjud bolishi, D.ning mashhur podsholardan bolganligini korsatadi.

Faxriddin Hasanov.