ⓘ Dekadentlik - 19 - 20-asrlarda Yevropa madaniyatidagi inqiroziy holatni umumiy tarzda ifoda etgan nom. Tanazzulga yuz tutishlik, umidsizlik kayfiyati, hayotdan ..

                                     

ⓘ Dekadentlik

Dekadentlik - 19 - 20-asrlarda Yevropa madaniyatidagi inqiroziy holatni umumiy tarzda ifoda etgan nom. Tanazzulga yuz tutishlik, umidsizlik kayfiyati, hayotdan bezishlik, yolgizlanib qolganlik kabi hissiyotlarda oz aksini topgan. D.ka xos bir qator xususiyatlar modernizmga ham xosdir. 19-asr oxiri - 20-asr boshlarida roy bergan jiddiy ozgarishlar, yangilanishlar, inqilobiy jarayonlarning yetilishi ijtimoiy voqelikda ziddiyatlarni kuchaytirdi. Eskilik va yangilik ortasidagi kurash avj oldi. Bunday holatni korgan ayrim madaniyat, xodimlari, ijodkorlar tarix, tabiat, inson tanazzulga yuz tutmoqda, degan fikrga keldilar. Ular oz asarlarida ana shu tanazzul, inqiroz sabablarini, inson boshiga tushgan tashvishlar, qiyinchiliklarni aks ettirishni maqsad qilib qoydilar. Natijada sanat sohasida modernizmning yangi yonalishi D. paydo boldi.

Dekadentlar murakkab va qaramaqarshi hodisalarni tarixni buzuvchi kuch, deb qaradilar. Ular insonni jamiyatdan, siyosatdan va b. jarayonlardan xoli bolgan tabiatli individ sifatida baholadilar. Shunda inson hech bir jamiyatga qaram bolmagan ozod insonga aylanadi. Boshqacha aytganda, individ estetikasining ajralmas qismi sifatida shaxs erkinligi vujudga keladi. D. estetikasidagi bu qarash sanat, adabiyot va ijodiy jarayonga munosabatda ham oziga xoslikni yuzaga keltirdi. Dekadentlar adabiyotni siyosatdan xoli qilish goyasini ilgari surdilar va buni ijod erkinligi deb hisobladilar. Shu bois D. sanatkorlari asarlaridagi inson koproq individ sifatida namoyon boladi, ular qahramonlarining shaxsiy xususiyatlari, hayoti tafsilotlari bortib kozga tashlanadi.

D. dastlab fransuz adabiyotida yaqqol namoyon bolgan. "Lanati shoirlar" deb nom qozongan P. Verlen, A. Rembo, S. Mallarme kabi shoirlar yetakchilik qilgan simvolizm oqimiga D. nihoyatda kuchli tasir etdi. Keyinchalik P. Valeri, P. Klodel, P. For va b. asarlarida rivojlantirildi. O. Uayld Angliya, M. Meterlink Belgiya, R. Rilke Avstriya, M. Prust Fransiya kabi 20-asrning 80 - 90-y.lari adiblari ijodida ham aks etdi.

Italiyada D. lirik shoir J. Paskoli sheriyatida kozga tashlanadi. Uning ijodi uchun mistik kayfiyat, simvolizm bilan hamohanglik xos. 1900-y.larda D. tasirida Italiyada kuch-kudratga siginishlik va urush oldidagi qorquv kayfiyatidagi yangi oqim paydo boladi. D. boshqa qator mamlakatlarga ham yoyiladi. Mas, Germaniyada shoir S. George togaragi paydo bolali. Bu togarak azolari ijodida Nitsshe goyalari ruhidagi afsonaviylik hissiyoti ustunlik qiladi. Rossiyada D. simvolizm oqimiga mansub shoirlar ijodida oz aksini topadi, lekin bulardagi D. ekspressionizmga ancha yaqinlashib keladi.

Hayotdan qoniqmaslik, uning achchiq saboklari, yomonliklarga qarshi tinimsiz kurash, mavjud talabga javob bermaydigan narsalarni rad qilish kabi dekadentlarga xos bolgan xususiyatlar hozirgi ham jahon adabiyotida oz ifodasini topmoqda.