ⓘ Delta yotqiziqlari - dengiz va kollarning daryolar quyilish joyida delipann shakllantiradigan daryo oqiziq jinslaridan hosil boladi. Tarkibiga ohaktosh qatlamli ..

                                     

ⓘ Delta yotqiziqlari

Delta yotqiziqlari - dengiz va kollarning daryolar quyilish joyida delipann shakllantiradigan daryo oqiziq jinslaridan hosil boladi. Tarkibiga ohaktosh qatlamli qum-gilli jinslar ham kiradi. Tog oldi hududlarida konglomeratlar borligi kuzatiladi. Daryolar adogida toplangan oqiziq jinslarga tolqin va tolqinli oqimlar tasirining yoqligi, Yer posti shu qismining sekinlik bilan bukilishi natijasida qalinligi bir necha km gacha bolgan D.yo. vujudga keladi. D.yo.dan paydo bolgan akkumulyativ shakl - delta yuzasi asosan daryo va kol-botqoqlik chokindilaridan tashkil topadi. Odatda, D.yo. ustida unumdor tuproq qatlami vujudga keladi. Shu sababli juda qadim zamonlardan D.yo. dehqonchilik markazlari bolib, aholi zich yashagan.

D.yo., shuningdek, qazilma holatida ham kopincha otmish geologik davrlarning chokindi qatlamlarida mavjud. Ular katta qalinligi, tuzilishi, dengiz, shorroq suvli va kontinental yotqiziqlarning turli birikmalarida namoyon boladi. D.yo. qazilmalari orasida komir, temir va mis rudalarining konlari uchraydi.