ⓘ Delfa - Fokida ning jan.garbida, Parnas togi etagida joylashgan yunon shahri. Mil. av. 7 - 6-asrlarda umumyunon diniy marka-zi bolib, memoriy yodgorliklar saqla ..

                                     

ⓘ Delfa

Delfa - Fokida ning jan.garbida, Parnas togi etagida joylashgan yunon shahri. Mil. av. 7 - 6-asrlarda umumyunon diniy marka-zi bolib, memoriy yodgorliklar saqlangan. Mil. av. 6-asrning boshlarida D.da 4 yilda 1 marta umumyunon Pifiy oyinlari otkazilgan. Bu vaqtda muqaddas osoyishtalik, tinchlik hukm surgan. D.da Apollonga atab juda kop nazrniyoz keltirilgan. Bu boyliklar D.ning yuksalishiga sabab bolgan. Mil. av. 1-asrning 80-y.larida D. frakiyaliklar va b. qabilalar tomonidan talangan. Mil. 1-asr oxirida D.dagi ibodatxona kayta tiklangan. Orakul faoliyati mil. 2-asrda bir muncha jonlangan ; ibodatxona Rim imperatori Feodosiy I tomonidan taxminan 390 y. rasman yopib qoyilgan. Hoz. D. - kichik aholi punkti. D. yodgorligidan 1892 y.dan boshlab fransuz arxeologlari olib borgan qazishlar natijasida ikki muqaddas maskan - Apollon va Afina maskanlari ochildi: Apollon Pifiy ibodatxonasi bortma tasvirlar bilan bezatilgan. Sifniylar, afinaliklar xazinalari, us-tunlari, teatr va b. bor. Afina Pronoya muqaddas ibodatxonasining eski va yangi asoslari, aylana tarxli - folos - makbara, stadion, gimnasiy va b. organilgan. D.da arxeologik muzey tashkil etilgan. D. memoriy yodgorliklari Jahon merosi royxatiga kiritilgan.