ⓘ Dengiz kasalligi - kema chay qalganda roy beradigan kasallik holati. Samolyotda uchganda, poyezd va avtomobilda ketayotganda, liftda tez tushganda, argimchoqsa ..

                                     

ⓘ Dengiz kasalligi

Dengiz kasalligi - kema chay qalganda roy beradigan kasallik holati. Samolyotda uchganda, poyezd va avtomobilda ketayotganda, liftda tez tushganda, argimchoqsa tez uchganda va b. hollarda ham D. k.ga xos belgilar paydo boladi. D. k.da bemorning kongli aynib qusadi, rangi ochadi, kop terlaydi, boshi aylanib ogriydi, darmonsizlanadi, nafas olishi va tomir urishi sustlashadi, hushdan ketish, depressiya holati kuzatiladi. Odatda, kema chayqalishdan toxtagach, barcha holatlar tezda yoqolib ketadi. Kopchilik kishilar transport vositasida harakat yonalishiga teskari otirib qolganlarida ham yuqoridagi holatlar kuzatilishi mumkin.

D. k.da ichki quloqning vestibulyar apparati tasirlanadi. D. k.ning paydo bolishi va avj olishida nerv sistemasining holati ham malum ahamiyat kasb etadi, koproq qiziqqon kishilar va nevrasteniyaga moyil ayollarda kuzatiladi. Bazi yolovchilarda kemaga otirishi bilan kasallik belgilari roy beradi yoki aksincha kemada biror kor-hol roy berishi haqida ogohlantirilganda ham kasallik bel-gilari yoqolib, kishi sergaklanadi. Kemada ketayotganda ochiq havodan koproq bahramand bolish, biror narsa bilan mashgul bolish, nordon konfet yoki vitamin shimish D. k.ning oldini olishda yaxshi foyda beradi. Chayqalishga chidamsiz bolgan kishilar kemaning ortaroq joyida chunki bu joyda chayqalish nisbatan kuchsiz boladi boshni orqaga egiltirib otirishlari tavsiya etiladi. D. k.ga xos belgilar paydo bolishi bilan nerv sistemasini tinchlantiradigan dori - aeron qabul qilish kerak.