ⓘ Defektologiya - jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalar rivojlanishining psixofizik xususiyatlarini organish, ularga maxsus talim-tarbiya berish, undagi nuqsonlarni ..

                                     

ⓘ Defektologiya

Defektologiya - jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalar rivojlanishining psixofizik xususiyatlarini organish, ularga maxsus talim-tarbiya berish, undagi nuqsonlarni yoqota borish qonuniyatlarini organuvchi fan. Kor va kozi ojiz, kar va qulogi ogir, aqli zaif, tayanch-harakat appa-ratida nuqsoni bor, nutq kamchiligiga ega bolgan bolalar D. fani obyek-tidir. Shunga kora D. 4 alohida sohaga bolinadi: surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya. Dastlab surdopedagogika va tiflopedagogika paydo bolgan. Keyinchalik logopediya va oligofrenopedagogikaga asos solingan. Nuqsonli va psixofizik kamchiligi bor bolalarning ruhiy qonuniyatlarini organuvchi maxsus psixologiya, shuningdek, talimtarbiya berish, nuqsonlarni tuzatish, tiklash vositalarini ishlab chiquvchi surdotexnika va tiflotexnika ham D.ga kiradi. D. anatomiya, fiziologiya, patofiziologiya, nevrologiya, nevropatologiya, eshitish, korish va nutq pa-tologiyasi, maktab gigiyenasi, umumiy va pedagogik psixologiya, ped., til-shunoslik, bolalar psixologiyasi va b. fanlar bilan uzviy boglangan. D.ning asosiy vazifasi nuqsonli bolalarni aniklash, tashhis usullarini ishlab chiqish, ular uchun maxsus va mujassamlashtirilgan talimtarbiyani tashkil etish, aqliy va jismoniy kamchiliklarni yoqotish vositalarini izlab topish, amalda qollash, ularni hayotga tayyorlash, ijtimoiy foydali insonlar qilib yetishtirishdan iborat.

Olkamizning buyuk alloma, shoir va mutafakkirlari, xususan Ibn Sino, Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy, Amir Temur va b. D.ni izchil va atroflicha muayyan yonalishda organmagan bolsalar ham, oz asarlarida defektologik holatlarning aks etishi, namoyon bolishi, rivojlanishi, ozgarishlari togrisida qimmatli fikrlar bildirishgan. Ozbekistonda D.ning ilmiy-nazariy, metodik va amaliy tadqiqrtlari bilan G. Sh. Aytmetova, Ye. D. Gordiyenko, L. R. Mominova, R. Shomaxmudova, G. Shoumarov va b. shugullangan. Jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalarni jamiyatga foydali kishilar qilib tarbiyalash uchun Ozbekistonda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari, maxsus maktablar, maxsus internat maktablar mavjud. Toshkent pedagogika universitetinnng ped. va defektologiya fakultetida maxsus maktab va muassasalar uchun defektolog kadrlar tayyorlanadi 1967 y.dan.

Lola Mominova.