ⓘ Dehqonchilik tizimi - yerdan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, ekinlardan yuqori va barqaror hosil olishga qaratilgan, ozaro bir-b ..

                                     

ⓘ Dehqonchilik tizimi

Dehqonchilik tizimi - yerdan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, ekinlardan yuqori va barqaror hosil olishga qaratilgan, ozaro bir-biriga boglik texnologik, meliorativ va tashkiliy iqtisodiy tadbirlar majmui. Hozirgi q. x. da D. t. ozaro aloqador bir qancha boginlarni oz ichiga oladi: almashlab ekishnp tashkil etish; ekinni yetishtirish texnologiyasi; yerni ishlash tizimi; ogitlash tizimi; begona ot, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash tadbirlari; urugchilik; yerni suv va shamol eroziyasidan himoya qilish tadbirlari; suvdan togri foydalanish, tuproqning shorlanishi va botqoklanishiga qarshi irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish va b.; ayrim mintaqalarda suv chiqarish, botqoq yerlarni quritish, kimyoviy melioratsiyalash, dala ihota ormonzorlari barpo etish ham D. t. tarkibiga kiradi.

D. t. ning paydo bolishi va ozgarib borishi jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari, ayniqsa sanoat ishlab chiqarishi va fan-texnika taraqqiyoti bilan chambarchas boglikdir. D. t. yerga egalik shakli, yerga ishlov berish texnikasi va agronomiya fani taraqqiyotiga, shuningdek, tabiiy sharoitlarga bogliq holda takomillashib bordi. D. t. taraqqiyoti dehqonchilikni intensivlashning turli bosqichlarini aks ettiradi Deqqonchilikning quyi shakllaridan yuqori shakllariga otila borgan sayin haydaladigan yerlarda yetish-tiriladigan q. x. ekinlari turli guruhlarining nisbati, xususan, don, texnika va ozuka ekinlarining muayyan nisbatda yetishtirilishi D. t. ning eng muhim belgisi bolib qoladi. Samaradorlik darajasiga kora, D. t. 4 guruhga bolinadi: ibtidoiy, ekstensiv, oraliq va intensiv.

Jamiyat taraqqiyotining ibtidoiy jamoa tuzumi davridan boshlab shakllana boshlagan ibtidoiy dehqonchilik tizimlarida ochilgan va ozlashtirilgan yerning bir qismida - kichik yer maydonlarida deqqonchilik qilingan. Qolgan yerlar tabiiy otlar bilan band bolgan. Tuproq unumdorligi odamning ishtirokisiz osimliklar, mikroorganizmlar tasirida tabiiy yollar bilan tiklangan. U davrda yerga xususiy mulkchilik bolmagan, dehqonlarning ixtiyorida qoriq yerlar miqdori cheklanmagan, yer ibtidoiy usulda ishlangan, yerning quvvati ketib hosildorlik pasaygach, u yer tashlanib, boshqa yangi yer ozlashtirilgan. Uzoq muddatga 15 - 20 yillar tashlab qoyilgan yer maydonining unumdorligi tabiiy yol bilan kayta tiklangan. Bunday dehqonchilik qoriq yer D. t. nomini olgan. Keyin-chalik ilgari foydalanilgan yerlarga kaytib kelib ekin ekishgan. Shunday qilib, qoriqer D. t. partover D. t. gaalmashingan. Ekstensiv D. t. asosan orta asrlarda yuzaga kelgan otmishda qollanilib kelgan tizimlarning yanada mukammallashtirilgan korinishidir. Bunda haydashga yaroqli barcha yerlarning yarmi yoki ularning kopchilik qismi shudgorlanib, asosan, galla ekilgan. Tuproq unumdorligi tabiiy tiklanishi jarayonlari inson tomonidan toza shudgorga ishlov berish, kop yillik otlar ekish bilan qis-man boshqarilgan. Bunda yerni uzok, muddat bekorga tashlab qoyish emas, balki yerni begona otlardan toza tutish va unumdorligini oshirish maqsadida donot almashlab ekishda kop yillik otlar va chopiqtalab ekinlarni ekish, dam berilgan shudgorlarni qayta ishlash yoli bilan tuproq unumdorligini tartibga solib turish, kop yillik otlarni ekish harakterlidir.

Aholining osishi va oziq-ovqat mahsulotlariga bolgan ehtiyojning ortishi D. t.ni ham ozgartirdi, yani yerni uzoq muddat ekmay tashlab qoyish emas, balki yerni begona otlardan toza tutish va unumdorligini oshirish maqsadida bir yoz shudgorlab qoyish usuli qollanadigan boldi. Bu shudgor D. t. d deb ataldi. Bunda bir dala yozi bilan shudgor qilib qoldirilsa, ikkinchi dala ekin bilan band qilinadi. Shudgorlash D. t. da haydaladigan yerlardan tashqari, otloq-yaylov yerlar ham bolgan. Keyinchalik bu yerlar ham haydalib shudgor D. t. ga kiritila boshlandi. Bu tizimni tuproq unumdorligini oshirishdagi birinchi urinish desa boladi. Unda ekinlarni navbatlab ekish tartibi, tuproqni ishlash asosiy qurol omoch va yogoch mola va gong bilan ogitlash mavjud edi. Yogingarchilik yetarli miqdorda bolgan yillari shudgorga chopiq qilinadigan ertagi poliz yoki yem-xashak ekinlari ekilgan.

17 - 18-asrlarda sanoatning rivojlanishi, shaharlarning kengayishi, aholining osishi va oziq-ovqat mahsulotlariga bolgan ehtiyojning orti-shi, chorvachilikning rivojlanishi D. t. ni ham ozgartirdi.

Oraliq D. t. kapitalizmning q. x. ishlab chiqarishiga kirib kelishi darajasiga qarab qollanilgan ekishga yarokli yerlardan toliq va samarali foydalanish hamda odamning tuproq unumdorligini tiklashga tasiri kuchayishi bilan ajralib turadi. Tabiiy yem-xashak resurslarining yetishmasligi, tabiiy otlokdar maydonining qisqarishi, yem-xashak ekinlari ekishni taqozo qildi. Dondam berilgan shudgor D. t. ni yanada takomillashtirish, kop yillik otlar yoki chopiq qilinadigan ekinlar - dondam berilgan shudgor almashlab ekishni qollash, organik ogitlarni koproq ishlatish, tuproqqa yaxshi ishlov berish bu tizimning asosiy belgilaridir. Bunda ekishga yarokli yerlardan unumliroq foydalaniladi.

Intensiv D. t. Garbiy Yevropa mamlakatlarida 18-asr ortalaridan qollanila boshlagan dalali navbatlab ekish D. t., chopiq qilinadigan ekinlar D. t., yemxashak ekinlari D. t. ekishga yarokli yerlardan 100 foiz yuqori hosildor ekinlar ekib foydalanish, oraliq ekinlarni ekish bilan tavsiflanadi. Bu D. t. da haydaladigan jami yerlar don, dukkakli don, texnika va yem-xashak ekinlari bilan band qilinadi. Intensiv D. t.da chopiq qilinmaydigan ekinlar donli, dukkakli ekinlar bilan chopiq qilinadigan ekinlar goza, kanop va b. ni almashlab ekish yoli bilan tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, organik va mineral ogitlardan samarali foydalanish, tuproqni ishlash; ekishga yarokli yerlarda bozor talablariga qarab tovar mahsulotlar beradigan ekinlarni yetishtirish, kompleks mexanizatsiyani qollash, sugorish, erozi-yaga qarshi kurash harakterlidir.

Orta Osiyo dehqonchiligi tarixida yuqorida keltirilgan jami tizimlardan foydalanilgan. 20-asrning 20-y.laridan boshlab sugoriladigan mintaqalarida chopiq qilinadigan ekinlar almashlab ekish tizimi vujudga keldi. Sugoriladigan dehqonchilik mintaqalarida bunday D. t.da chopiq qilinadigan ekinlar, ayniqsa goza - galla - beda almashlab ekishda haydaladigan yerlarning 50 - 70% ni egallaydi. Toza shudgor dam berilgan yerlar deyarli uchramaydi. Yerlardan yanada unumli foydalanish maqsadlarida asosiy ekindan boshagan yerlarga oraliq, qoplama, takroriy ekinlar kop ekiladi. Almashlab ekishning ot dalasiga bedadan tashqari makkajoxori, oq joxori, lavlagi, xashaki poliz ekinlari chorvachilik uchun ekiladi. Ozbekistonda har bir viloyat va Qoraqalpogiston Respublikasi uchun ilmiy asoslangan zonal D. t. ishlab chiqilgan, bu D. t. quyidagi tarkibiy qismlarni kenja tizimlarni oz ichiga oladi: almashlab ekish, tup-roqni ishlash tizimi; ogitlash tizimi; begona otlar, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurash tadbirlari; sugorish va melioratsiya; tuproqni eroziyadan asrash; mashinalar tizimi va b. Yerlarning unumdorligini oshirish uchun almashlab ekishning va tuproqni ishlashning oqilona usullari qollaniladi, yetishtirilayotgan ekinlarga melioratsiya va sugorish talabiga kora kop miqsorda organik va mineral ogitlar solib turiladi, suv va shamol eroziyasiga qarshi kurash olib boriladi va h. k.

Abdurahim Ermatov.