ⓘ Dializ - kolloid sistemalar va yuqori molekulali birikmalarning eritmalari tarkibidagi kuyi molekulali moddalarni yarimotkazgich membranalar yordamida yoqotish. ..

                                     

ⓘ Dializ

Dializ - kolloid sistemalar va yuqori molekulali birikmalarning eritmalari tarkibidagi kuyi molekulali moddalarni yarimotkazgich membranalar yordamida yoqotish. Diffuziya qonunlariga asoslangan. Dializatorlarda olib boriladi. Oddiy dializator distillangan suv saqlanadigan idish va suvga botib turadigan shisha silindr dan iborat. Shisha silindrning ogzi ochiq bolib, tubi parda - membrana bilan tosilgan. Silindrga tozalanadigan kolloid eritma quyiladi. Idishdagi suv silindr devorlarini yuvib, muttasil oqib turadi. Kolloid eritmaning ion va mole-kulalari silindr tagidagi pardadan otib, suvning ion va molekulalari bilan almashinadi. Bu jarayon juda sekin otadi. Ionlarning diffuziyalanish jarayonini elektr maydon tasirida tezlashtirish mumkin. Elektr dializator dializlanadigan sistemalarni elektrolitlardan tozalashni bir necha on marta tezlatadi. D. sanoatda turli moddalarni tozalashda ishlatiladi. Mas, suniy tolalar i.ch.da, jelatinani tozalashda, shuningdek, farmatsevtik preparatlar tayyorlashda qollaniladi.