ⓘ Charles Dickens. Djon Xaffem Charlz Dikkens - ingliz yozuvchisi. Adabiy faoliyati 1833 yilda boshlangan. Mehnatkash xalqning ogir axvoli Dikkens asarlarining bo ..

                                     

ⓘ Charles Dickens

Djon Xaffem Charlz Dikkens - ingliz yozuvchisi. Adabiy faoliyati 1833 yilda boshlangan. Mehnatkash xalqning ogir axvoli Dikkens asarlarining bosh mavzusi bolgan. Dikkens tanqidiy realizm uslubining asoschilaridan hisoblanadi. Hajviy-sentimental ruhda yozilgan "Pikvik klubining olimidan keyingi yozishmalari", "Oliver Tvistning sarguzashtlari", "Nikolas Niklbi" romanlari Dikkensni dunyoga mashhur qildi. 19-asrning 40 - 50-yillari Dikkens ijodi gullagan davr boldi. "Martin Chezlvit" romanida Amerika voqeligidagi salbiy tomonlar tasvirlangan. "Dombi va ogli" romanida insonlik qiyofasini yoqotgan, manmansiragan ingliz boyvachchalari hajv tigi ostiga olingan. Tarjimai hol yosinidagi "David Kopperfild" romanida esa osha zamonning ijtimoiy ziddiyatlari korsatilgan. Dikkens asarlarida, umuman oddiy kishilar qiyofasi zor mahorat bilan aks etadi. 1848 yilda Angliyada chartistlar harakati maglubiyatga uchragan davrda Dikkens dolzarb ijtimoiy muammolarni qalamga oldi. Bular orasida, ayniqsa, "Mashaqqatli zamon" romani alohida ahamiyatga ega.

"Ikki shaharcha togrisida qissa" 1859, "Intizorlik" 1861, "Bizning umumiy dostimiz" 1865 kabi romanlarida esa Dikkens jamiyatni ijtimoiy inqirozdan olib chiqish yollarini badiiy vositalar yordamida tasvirlaydi.

"Oliver Tvistning sarguzashtlari" romani ozbek tilida nashr qilingan 1984.