ⓘ Dilbarjin - qad. shahar harobasi. Afgonistonning Balx sh.dan 40 km shim.garbda joylashgan. Yunon-Baqtriya va Kushon podsholiklari davrida ravnaq topgan. Sovet-A ..

                                     

ⓘ Dilbarjin

Dilbarjin - qad. shahar harobasi. Afgonistonning Balx sh.dan 40 km shim.garbda joylashgan. Yunon-Baqtriya va Kushon podsholiklari davrida ravnaq topgan. Sovet-Afgon ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan. Haroba tortburchak shaklda, mudofaa devori bilan oralgan. Bir necha burji, 4 darvozasi, atrofi xandaq bolgan. Shahar markazida 20 m bal.da alohida mudofaa devori bilan oralgan shoh saroyi joylashgan, uning bir darvozasi bolib atrofi xandaq bilan oralgan. Shahar hududida budda ibodatxonasi, devoriy rasmlar bilan bezatilgan yirik bino, xumdon, mudofaa devorlari harobalari tekshirilgan. D.dagi binolar hashamatli qilib bezatilgan. Bir xona devoriga otga suyanib turgan shaxslarning toq-qizil, sariq, kok, binafsha, jigarrang rasmlari ishlangan. Boshqa xonada hokiz minib turgan qind xudolari Shiva va Parvati rasmlari tasvirlangan. Yana bir xonaning devorida tik turgan 12 kishi va qollarida qadah ushlab otirgan ikki qator shaxslar tasviri ishlangan, tasvirlarning boshlari orasiga qad. hind-brahma yozuvi bitilgan. Rasmlar Hindistonning qad. sanatiga taqlid qilib ishlangan bolsada, Bolaliktepa va Panjikent devoriy rasmlariga juda oxshashdir. D.dan, shuningdek, sopol idishlar, mis tangalar, yunon yozuvi bitilgan tosh bolagi ham topilgan.