ⓘ Dili kabutar, kaptar yuragi - kechpishar xoraki uzum navi. Tupi ortacha va kuchli osadi. Guli ikki jinsli. Bargi katta, besh bolakli, kop kertikli, arra tishli, ..

                                     

ⓘ Dili kabutar

Dili kabutar, kaptar yuragi - kechpishar xoraki uzum navi. Tupi ortacha va kuchli osadi. Guli ikki jinsli. Bargi katta, besh bolakli, kop kertikli, arra tishli, toq yashil, cheti sal yuqoriga qayrilgan. Uzum boshi katta, silindrsimon, shingillari hovol, ogirligi 280 - 300 g, bazilari 500 - 600 g. Gujumi yirik, tuxum shaklida, kokimtir-novvotrang, eti qalin, mazali, karsillaydi, postining qalinligi ortacha. D. k. nomi nav gujumining kaptar yuragiga oxshashligi sababli yuzaga kelgan. Sent.da pishadi. Tarkibida 20 - 24% qand, 3.5 - 5% kislota bor. Gektaridan 110 - 150 s hosil beradi. Sovuqqa, qurgoqchilikka chidamsiz. Andijon, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, Tojikistonda ostiriladi.