ⓘ Dinozavrlar - qirilib ketgan sudralib yuruvchilar. Tanasining uz. 20 sm dan 30 m gacha. Antarktidadan tashqari hamma qitalarda, jumladan Orta Osiyo va Qozogisto ..

                                     

ⓘ Dinozavrlar

Dinozavrlar - qirilib ketgan sudralib yuruvchilar. Tanasining uz. 20 sm dan 30 m gacha. Antarktidadan tashqari hamma qitalarda, jumladan Orta Osiyo va Qozogistonda triasbor davrlari qatlamlaridan malum. Yura davrida keng tarqalgan, oxirgi D. bor davrida qirilib ketgan. Olimlar ayrim D.ning qirilib ketishini global katastrofa, boshqalari yer yuzida osimliklar qoplami va iqlimning asta-sekin ozgarishi yoki ular yashaydigan muhitdagi boshqa noqulay ozgarishlar bilan boglashadi. 600 ga yaqin turi malum. D. 2 turkum: kaltakesaksimon va qushsimon D.ga ajratiladi. Ikki turkum ham bir-biridan mustaqil holda har xil psevdozuxiylardan kelib chiqqanligi, ikki oyokda harakatlanish psevdozuxiylardan ularga otganligi taxmin qilinadi. Keyinroq ikki oyokda yurish yirtqich D. va orni-topodlarda kuchaygan, boshqalari da yoqolib ketgan. D. morfologik va ekologik jihatdan xilma-xil bolib, yirtqichlar ajdodidan kelib chiqqan. Qushsimon D. hamda kaltakesaksimon D.dan zauropodlar osimlik bilan oziqlanishga otgan va yiroq suv havzalari yoki dengiz sohiliga yaqin joyda yashashga moslashgan. Ornitopodlardan boshqa barcha qushsimon D.da yirtqichlarga qarshi himoya vositalari rivojlangan. D. tuxum qoyib kopaygan. Ayrim olimlar D. issiq qonli bolgan, lekin ularning issiqni saqlaydigan teri qoplami bolmaganligini taxmin qilishadi. Turlarining keng tarqalganligi va tez almashinganligi ulardan Yer qatlamlari yoshini aniqlashda keng foydalanish imkonini beradi.

Dinozavrlar, avvalo, suvda keyinchalik quruglikda engdaxshadli qotillar bolgan. Ular sovuqqon hayvon hisoblanadi. Ulardan keyin sutemizuvchilar paydo bolgan. Ular nimaga qirilib ketdi? Chunki Yerga ulkan meteorid kelib urilgan. Hali beri meteorid tushgan joyda sesmik faollik kuzatiladi.