ⓘ Doviy - afgon marifatparvar shoiri, davlat va jamoat arbobi. Ilk sheriy kitobi pushtu tilida yozilgan. Sadriddin Ayniynshnt Moziy va hol nomli sheriga tatabbu s ..

                                     

ⓘ Doviy

Doviy - afgon marifatparvar shoiri, davlat va jamoat arbobi. Ilk sheriy kitobi pushtu tilida yozilgan. Sadriddin Ayniynshnt "Moziy va hol" nomli sheriga tatabbu sifatida "Jaridalar tarifi va foydalari haqida" sarlavhali muhammas yozib, uning birinchi misrasida Mahmudxoja Behbudiy tomonidan Samarqandda nashr etilgan "Oyina" jurnali haqida ijobiy fikr bildiradi. Marifatparvarlik mavzuidagi "Bad nabud", "To ba kay?" hamda erkparvarlik ruxida yozilgan "Bulbule gereftor" nomli sheriy asarlari shuhrat qozongan. D. 1920 - 21 y.lar Afgonistonning Buxoro Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi vazifasida ishlagan, 1923 y.da esa u Afgoniston hukumatining favqulodda hayati rahbari sifatida ikkinchi bor Buxoroga kelib, rasmiy kishilar bilan muzokaralar olib borgan. Bu safarlari chogida D. Buxoro jadidlari bilan muloqotda bolgan. Abdurauf Fitrat u hakda yaxshi fikrda bolgan. D. siyosiy, ijtimoiy, adabiy mavzularda yozilgan 20 dan ortiq kitob, risola va tarjimalar muallifi.