ⓘ Doyche bank, Hemis banki - GFRdagi aksiyadorlik banklar konserni, jahondagi eng yirik 10 bank katoriga kiradi. Bosh idorasi Frankfurt-Maynda joylashgan. 1870 y. ..

                                     

ⓘ Doyche bank

Doyche bank, Hemis banki - GFRdagi aksiyadorlik banklar konserni, jahondagi eng yirik 10 bank katoriga kiradi. Bosh idorasi Frankfurt-Maynda joylashgan. 1870 y.da Berlinda tashkil etilgan, aksiyadorlik kapitali 15 mln. marka bolgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin 1947 y.da D.b. filiallari negizida Garb mamlakatlari yordami bilan 10 mintakaviy voris banklar tashkil etilgan. 1957 y.da bu banklar yagona bank bolib birlashdi. Bank Germaniya va chet ellarda yuridik va jismoniy shaxslardan iborat mijozlariga universal banklarga xos jami xizmatlar korsatadi. 2494 bolimi, shu jumladan chet ellarda jahon moliya markazlarida ochilgan 803 bolimi bor. Shulardan 550 tasi Yevropa mamlakatlarida joylashgan. 286 ming aksiyador bank mulkdori hisoblanadi, ustav kapitalida xususiy shaxslar hissasi - 38% yoki 2.5 mlrd. nemis markasi. Balans summasi 722 mlrd. marka, oz kapitali 39.9 mlrd. nemis markasi. Balans miqdorining yarmidan kupi chet ellarda joylashtirilgan. D.b.ning Ozbekistondagi vakolatxonasi Toshkent sh.da 1994 y. 2 fevral da ochilgan.