ⓘ Domna pechi, domna - temir rudalaridan choyan olinadigan shaxta pech. Beton poydevorga ornatilgan silindrik kojuxdan iborat. Kojux ichiga pech tagligi ni hosil ..

                                     

ⓘ Domna pechi

Domna pechi, domna - temir rudalaridan choyan olinadigan shaxta pech. Beton poydevorga ornatilgan silindrik kojuxdan iborat. Kojux ichiga pech tagligi ni hosil qiluvchi otga chidamli gisht terib chiqiladi. Pechning pastki qismida gorn va furma bor. Gornda choyan va shlak oqib chiqadigan teshiklar qilingan. Shaxta silindrik koloshnik bilan tugaydi. Chuyan oqib chiqadigan teshik sathidan koloshnik yuqorisidagi yuklash konusigacha bulgan masofa D. p.ning foydali balandligi deyiladi. Ana shu balandlik orasidagi hajm foydali hajm deb ataladi. Foydali hajmdan foydalanish koeffitsiyenti D. p. ishining asosiy texnik-iqtisodiy kursatkichi bulib, u pechda 1 sutkada eritib olinadigan 1 t chuyanga tugri keladigan foydali xajmni ifodalaydi. U qanchalik kichik bulsa, pech shunchayaxshi ishlaydi. YirikD. p.ning ish unumdorligi sutkasiga 10000 t dan ortiq.