ⓘ Don ekinlari, donli ekinlar - don uchun ekiladigan ent muhim qishloq xojaligi ekinlari guruhi; Don ekinlari doni insonning asosiy oziq-ovqat mahsuloti; sanoatni ..

                                     

ⓘ Don ekinlari

Don ekinlari, donli ekinlar - don uchun ekiladigan ent muhim qishloq xojaligi ekinlari guruhi; Don ekinlari doni insonning asosiy oziq-ovqat mahsuloti; sanoatning kopgina tarmoklari uchun xom ashyo, shuningdek, chorva mollari uchun yem. Donining tarkibi va mahsuloti istemol qilinishi jihatdan galladoshlarga mansub galla ekinlari, shu jumladan yormabop ekinlar, dukkakdoshlarga mansub dukkakli don ekinlari bolinadi. Don ekinlari ichida galla ekinlari yetakchi rol oynaydi. Botanik shakli xilma-xilligiga karamay, ular kupgina umumiy morfologik xususiyatlarga ega. Poyasi - havol poxolpoya yoki yumshoq toqimalar bilan tolgan. Bargi qin hamda tasmasimon shakldagi barg plastinkasidan iborat. Qinning barg plastinkasi bilan tutash joyida ingichka tilcha bolib, u poxolpoya bilan tutashgan boladi. Tilchaning har ikkala tomonida quloqchalar joylashadi, ammo ayrim galla ekinlari da quloqchalar bolmaydi. Topguli boshoq yoki rovak. Galla ekinlari topguli bir qancha boshoqlardan tashkil topadi, ular boshoq dongchalarida yoki rovakning markaziy va yon shoxchalarida joylashadi. Gullari ikki jinsli, makkajoxorida ayrim jinsli. Mevasi doncha. Galla ekinlari doni tarkibida uglevodlar, oqsil, fermentlar, vitaminlar V, RR va provitamin A kup. Vegetatsiya davriga qarab Don ekinlari kuzgi hamda bahorgi ga bolinadi.

Don ekinlari dunyoning dehqonchilik qilinadigan jami mintaqalarida tarqalgan. Uning jan. va shim. tarqalish chegaralari dehqonchilik chegaralari bilan mos keladi. Bugdoy barcha qitalarda ekiladi, sholi Osiyoda, makkajoxori Shim. Amerikada, javdar Yevropada, suli Shim. Amerikada va Yevropada, tariq va sorgo Osiyo va Afrikada eng kup maydonlarni egallaydi. Jahon boyicha Don ekinlarining jami maydoni 679983 ming ga, yalpi hosil 2064178 ming t, xreildorlik 30.3 s/ga ni tashkil etadi. Jumladan, bugdoy 215272 ming ga, yalpi xreil 583624 ming t, hosildorlik 27.1 s/ga, makkajoxori 139214 ming ga, yalpi hosil 600418 ming t, xreildorlik 43.13 s/ga, arpa 56410 ming ga, yalpi hosil 130064 ming t, hosildorlik 23.06 s/ga, sholi 155128 ming ga, yalpi hosil 596485 ming t, hosildorlik 38.4 s/ga 1999. Ozbekistonning sugoriladigan sharoitida 20-asrning 90- yillaridan boshlab Don ekinlari dan bugdoy, makkajoxori, arpa, sholi goza-galla-beda almashlab ekishda asosiy ekin sifatida ekiladi. Respublikada don ekinlari maydoni 1611.9 ming ga, shu jumladan bugdoy 1354.8 ming ga, sholi 129.8 ming ga maydonga ekildi 2000.

Yalpi xreil jami don ekinlari boyicha 3915.7 ming t, hosildorlik 26.9 s/ga, shu jumladan bugdoy boyicha tegishlicha 3521.7 ming t, 27.5 s/ga, sholi - 154.8 ming t, 23.9 s/ga, makkajoxori don uchun - 131.4 ming t, 31.6 s/ga boldi. Don ekinlari otmishdoshi goza va unga yoldosh ekinlar hisoblanadi. Sugorish sharoitida Don ekinlari dan yuqori hosil olishning asosiy shartlari: serhosil navlarni ekish, ogitni ilmiy asoslangan meyorda solish, oz vaqtida sugorish, begona otlarni yoqotish, osimliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, almashib ekish qoidalariga rioya qilish. Ozbekistonda Don ekinlarini yetishtirish boyicha asosiy ishlar tola mexanizatsiyalashgan.

Koziboy Dushamov.