ⓘ Donador ogitlar - mayda donali ogitlar. Ammiakli selitra, ammofos, mochevina va b. kopgina murakkab ogitlar donador holda ishlab chiqariladi. Sochiluvchan, nam ..

                                     

ⓘ Donador ogitlar

Donador ogitlar - mayda donali ogitlar. Ammiakli selitra, ammofos, mochevina va b. kopgina murakkab ogitlar donador holda ishlab chiqariladi. Sochiluvchan, nam tortmaydi, yaxshi agrotexnik xususiyatlariga ega. Sochib solingan D. o. ning tuproq, mikroflora va osimlik bilan ozaro tasirlashishi kukunsimon ogitlarnikidan farq qiladi. Donadorlangan superfosfat tuproq bilan anchagina kam tasirlashadi, fosforning oz qismi osimlik qiyin ozlashtiradigan shaklga otadi. Superfosfat donalari tuproqda konsentratsiyasi har xil fosforli manbalar hosil qiladi; shuning uchun D. o. osimliklarning oziq moddalarni oz tabiatiga mos keladigan manbalardan ozlashtirib olishiga imkon beradi. Fosfor donadan tashqariga kapillyar va gravitatsion suv yordamida tarqaladi. Osimliklar fosforni donaning aynan ozidan emas, balki uni orab turgan tuproqdan oladi. Suvda eriydigan mineral ogitlarni donador holda, fosforit uni, ohak va b. ni koproq kukun holida ishlatgan maqul. Olmaliq "Ammofos", Chirchiq "Elektrkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyatlari, Samarqand kimyo zdida D. o. ishlab chiqariladi.