ⓘ Dostonchilik - xalq ogzaki poetik ijodidagi qad. epik anana. Dastlab qoshiq shaklidagi, musiqa asbobisiz kuylanadigan asarlar yaratilgan. Keyinchalik dombira ju ..

                                     

ⓘ Dostonchilik

Dostonchilik - xalq ogzaki poetik ijodidagi qad. epik anana. Dastlab qoshiq shaklidagi, musiqa asbobisiz kuylanadigan asarlar yaratilgan. Keyinchalik dombira jurligida aytiladiganlari yuzaga kelgan. D.ning bunday namunalari Kaspiy va Orol dengizlari boylaridagi qad. kochmanchi turkiy qabilalar orasida vujudga kelgan. Epik dostonlarni yaratuvchi va kuylovchi badihagoylar kopayib borgan sari ustoz-shogirdlik ananalari vujudga kela boshladi. Natijada 15 - 16-asrlarga kelib kopgina dostonchilik maktabi paydo boldi. 17 - 18-asrlar D. taraqqiyotida jiddiy kotarilish bosqichi, 19 - 20-asrlar esa uning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda baxshilar repertuarida 150 dan ortiq xalq dostonlari bolib, ularni Tilla kampir, Sulton kampir, Jolmon baxshi, Boron shoir, Jumanbulbul, Jossoq, Xonimjon xalfa, Buvi shoira, Suyav baxshi, Amin baxshi, Yoldoshbulbul, Sultonmurod, Qurbonbek, Yoldosh shoir, Suyar shoir, Sherna yuzboshi kabi mashhur baxshilar kuylab kelganlar. Ergash Jumanbulbul ogli, Fozil Yoldosh ogli, Polkan, Islom shoir, Saidmurod Panoh ogli, Berdi baxshi, Abdulla Nurali ogli, Umir shoir, Bola baxshi, Ahmad baxshi kabi yetakchi sanatkorlar uzlariga zamondosh boshqa baxshilar bilan birgalikda bu epik ananani davom ettirdilar. D.da qatiy tartibga rioya qilingan: doston eshitish uchun maxsus kechalar uyushtirilgan, toy-hashamlar ham baxshilarsiz otmagan. Tinglovchilar baxshini torga otqazib, atrofida qor tokib otirganlar. Baxshi dombirasini sozlab, tinglovchilarga "Nima aytay" termasi bilan murojaat qilgan, "Kunlarim", "Dombiram" termalarini aytib, tinglovchilar etiborini oziga jalb etgan. Baxshi ijro davomida dostondagi har bir tasvirga mos soz topib, osha sozlarga monand xatti-harakatlar qilgan. Tinglovchilarni qiziqtirish b-n, ozi ham tobora avjga chiqqan. Iqtidorli dostonchilar ikki-uch kecha mobaynida, hatto oylab doston kuylay olganlar. Mas, Shernazar Berdinazar ogli yetti kecha davomida doston ayta olgan. Bazi dostonlarning hajmi ham ikki-uch kecha muttasil ijro etishni taqozo etgan. Dostonchi, odatda, voqea eng qiziq joyga yetganda kuylashni toxtatib, tanaffus qilgan, bu esa tinglovchilarning qiziqishini yana ham oshirgan. D. kechalariga ikki-uch baxshi tashrif buyurgan. Bunday hollarda dostonchilar ozaro tortishuvga kirishganlar: bir-birlarining iqtidorlarini, sozdagi chechanligini, soz chalishdagi mahoratlarini sinaganlar. Tinglovchilar ularga baho berganlar. Xalq olqishini ololmagan dostonchi davradan chiqib ketgan.

D. ananasi hozirgi kunda ham davom etmoqda, ammo kuylash tartibi va sharoitlarida birmuncha ozgarishlar bor. Endiliqda baxshilar teatrlarda, konsert zallarida, katta sayil va hasharlarda, radio va televideniye orqali uyushtirilgan olimpiada va tanlovlarda oz mahoratlarini keng tomoshabinlar oldida namoyish etmoqdalar.

                                     

1. Adabiyot

  • OzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Mirzayev T., Xalq baxshilarining epik repertuari, T., 1979; Razzoqov H., Mirzayev T. va b., Ozbek xalq ogzaki poetik ijodi, T., 1980.

Tura Mirzayev.