ⓘ Dostonchilik maktabi - baxshilik sanati markazi. Ozbek folklorshunosligida Bulungur, Narpay, Qorgon, Xorazm, Shahrisabz, Sherobod kabi yirik dostonchilik maktab ..

                                     

ⓘ Dostonchilik maktabi

Dostonchilik maktabi - baxshilik sanati markazi. Ozbek folklorshunosligida Bulungur, Narpay, Qorgon, Xorazm, Shahrisabz, Sherobod kabi yirik dostonchilik maktablaridan tashqari, Qamay, Piskent, Qulbuqon, ozbeklaqay va b. shunday markazlar ham malum. Ular repertuarlari, uslubi, malum ijod tamoyili va ijro usullariga kora bir-biridan ajralib turadi. Mas, 19-asrda Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanining Qamay qishlogi bilan bogliq Qamay D. m. mavjud bolgan. Bu maktab Dehqonobod va Guzor tumanlari atrofida yashovchi Abdukarim Juyruq, Mulla Xolnazar ogli, Bozor Sherqul ogli, Hazratqul baxshi Xudoyberdiyev kabi 60 ga yaqin baxshilarni birlashtirgan. Ular Shahrisabz dostonchilik maktabi bilan ijodiy hamkorlikda bolgan. Qamay D. m. vakillari xalq dostonlarining lirik yonalishiga alohida etibor berishgan. Ular poetik shakllar taraqqiyotida Sherobod dostonchilik maktabi vakillariga nisbatan ilgarilab ketganlar. Qamay dostonchilaridan "Nuralining yoshligi", "Xonimoy" va b. dostonlar yozib olingan. Piskent D. m. Berdi baxshi nomi bilan bogliq. Mazkur maktab lirik yonalishga moyil, bazi jihatdan Ergash Jumanbulbul oglining ota-bobolari asos solgan Qorgon dostonchilik maktabi baxshilariga yaqin poetik uslubga ega bulgan. Jan. Tojikistonda yashovchi ozbeklaqay baxshilari Dangara tumanining Jorubkol qishlogi bilan bogliq. Haybat Shamol ogli, Tula Haybat ogli, Mustafoqul Qunduz ogli, Shomurod Shamol ogli va b. bu maktabning istedodli vakillaridan hisoblangan. Bu baxshilar repertuarining asosini "Gorogli" dostonlar turkumi tashkil qilgan. Ularning matni nihoyatda qisqa, ixcham. Namangan viloyati Yangiqorgon tumani hududida Qolbuqon D. m. shakllangan. Haydar Boycha ogli, Razzoq Qozoq ogli, Usmon Mamatqul ogli, Bori baxshi, Mallavoy Hoshimovlardan yozib olingan xalq ogzaki ijodi namunalari bu maktabga Bulungur dostonchilik maktabi tasiri kuchli bolganligini korsatadi.