ⓘ Dumbali qoylar - goshti va yogi uchun boqiladigan dagal va yarim dagal junli dumbali koy zotlari. Chol va chala chol mintaqalarida boqishga moslashgan, ot-xasha ..

                                     

ⓘ Dumbali qoylar

Dumbali qoylar - goshti va yogi uchun boqiladigan dagal va yarim dagal junli dumbali koy zotlari. Chol va chala chol mintaqalarida boqishga moslashgan, ot-xashak tanlamaydi, uzoq masofalarga haydashga chidamli. Asrlar davomida yaylov sharoitida boqilishi tufayli keskin ekologik sharoitlarga moslashgan. Yirik D.q.dan hisori, saraja, edilbey qoylari mashhur. Qochqorlarining tirik vazni 110 - 130 kg gacha, sovliqlari 60– 85 kg gacha boradi. Dumbasi qoyning semizlik darajasiga qarab 6–15 kg, bazi zotlar bordoqilarida 45 kg gacha bolishi mumkin. Dumbasining shakliga qarab "dongalak quyruq", "tegirmon quyruq", "ayri quyruq", "ketmon quyruq", "solfi quyruq" deb yuritiladi. Bu zotlar yaxshi gosht beradi. D.q. soyilganda gosht chiqishi 53 - 60%, jun boyicha mahsuldorligi past - 2.0 - 2.2 kg jun beradi. Juni dagal va bir tekis bolmagani uchun dagal movut, gilam, kiygiz va b. mahsulotlar tayyorlanadi. D.q. sovliklaridan 120 kg gacha sut sogib olish mumkin. Serpushtligi 105 - 120%. Eron, Afgoniston, Arabiston ya.o. mamlakatlarida, Kavkaz, Rossiyaning janubi, Orta Osiyo, Qozogistonda koproq boqiladi.