ⓘ Dutorchi qizlar ansambli, Ozbekiston Teleradiokompaniyasi qoshida Ganijon Toshmatov nomidagi dutorchi qizlar ansambli - xonanda va sozanda xotin-qizlardan tashk ..

                                     

ⓘ Dutorchi qizlar ansambli

Dutorchi qizlar ansambli, Ozbekiston Teleradiokompaniyasi qoshida Ganijon Toshmatov nomidagi dutorchi qizlar ansambli - xonanda va sozanda xotin-qizlardan tashkil topgan ansambl. Dastlab Ozbek davlat filarmoniyasi qoshida "Dutorchi qiz-juvonlar" ansambli tashkil etilgan. Badiiy rahbari - L. Sarimsoqova, musiqa rahbari - Y. Rajabiy, baletmeyster - G. Rahimova. Repertuaridan ozbek xalq va bastakorlarining kuy va qoshiqlari orin olgan: "Ozgancha", "Quling", "Tanavor", "Hakkalakam oynasam man", "Yorginam" va b. Ikkinchi jahon urushi yillarida ansambl azolari front konsert brigadalari tarkibida konsertlar bergan. Repertuaridan ozbek, rus, qozoq, tatar, tojik, uygur va b. xalqlarning qoshiqlari orin olgan. Keyinchalik u "Ashula va raqs ansambli" deb nomlangan. Ansamblda R. Bogdanova, K. Ismoilova, Ozbekis-tonda xizmat korsatgan artist M. Abdullayeva va b. xizmat qilgan. 1958 y. yangidan "Dutorchi xotin-qizlar ansambli" tashkil etilgan. 1964 y.da tarqalgan.

1977 y.da Toshkent shahar Madaniyat uyida A. Ilyosov boshchiligida "Dutorchi qizlar ansambli" tuzildi. Mazkur ansambl ishtirokchilari 1979 y. Ozbekiston radiosi va televideniyesi qoshida tashkil etilgan D.q.a. tarkibiga kirgan. Bad. rahbari va tashkilotchisi G. Toshmatov, musiqa rahbarlari - Ozbekistonda xizmat korsatgan artist 3. Rahmatullayeva 1979 - 84 va 1990 y.dan, 3. Suyunova 1985 - 90; 1994 y.dan badiiy rahbari - 3. Suyunova. 1996 y.dan - Ganijon Toshmatov no-mida, 30 kishidan iborat 2002. Yetakchi xonanda va sozandalar: Ozbekistonda xizmat korsatgan artistlar 3. Rah-matullayeva, S. Karimova va Q. Esonova; artistlar O. Madrahimova, R. Hojiyeva, D. Muhamedova, M. Qurbonova, X. Shorahmedova va b. Ansambl Fargona-Toshkent milliy qoshiqchilik ananalarini davom ettirmoqda. Repertuaridan yuzlab ozbek xalq qoshiqlari, bastakor va kompozitor lar asarlari, shuningdek, ansambl ishtirokchilari bastalagan qoshiqlar va turli xalqlar qoshiqlari orin olgan. Ansambl Tojikiston, Rossiya, Fransiya, Germaniya, Turkiya mamlakatlarida gastrolda bolgan.

Ozbekiston viloyatlari va oquv yurtlarida ham D.q.a.lari tashkil etilgan.