ⓘ Dyuponlar - AQShdagi moliya guruhi. Bu guruh oilaviy tarzda shakllandi va taraqqiy etdi, asoschisi E. I. Dyupon bolib, u 1802 y.da Delaver shtatida porox zdi ku ..

                                     

ⓘ Dyuponlar

Dyuponlar - AQShdagi moliya guruhi. Bu guruh oilaviy tarzda shakllandi va taraqqiy etdi, asoschisi E. I. Dyupon bolib, u 1802 y.da Delaver shtatida porox zdi kurdi. D. 1812 - 14 y.lardagi ingliz-amerika urushida, AQShning Meksika bilan bolgan urushida, AQSH fuqarolar urushida, ayniqsa birinchi va 2-jahon urushlarida kop mahsulot sotib boyib ketdi. Germaniya urushda maglubiyatga uchragach, D. firmasi "I. G. Farbenindustri" patentlariga ega boldi va dunyodagi yirik kimyoviy trestga aylandi. D.ning sanoat uzagini "Dyupon de Nemur" kimyo va neftgaz kimyosi konserni tashkil kiladi. Konsern 1982 y.da AQShdagi "Konoko" neft firmasini sotib olib, uz qudratini yanada mustahkamlab oldi. AQShda konsernning sintetik tolalar, plastmassalar, gaz, neft, kimyoviy moddalar, harbiy mahsulotlar ishlab chikaradigan, komir qazib oladigan unlab korxonalari faoliyat kursatdi. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Belgiya, Niderlandiya, Shveysariya, Ispaniya, Norvegiya, Yaponiya, Kanada, Argentina, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Venesuela va b. davlatlarda ham zavodlari bor. D. "Yuniroyyal", "Rokuell interneshonal" kabi eng yirik sanoat korporatsiyalarini, bir kancha moliya-kredit intlarini nazorat kiladi. Morganlar bilan mustahkam aloqasi bor.