ⓘ Oila deb qon-qarindoshlik, qarindoshchilik yoki birga istiqomat qilish orqali boglangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Kop jamiyatlarda oila bolalar sotsi ..

Ahl ul-Bayt

Ahl ul-Bayt sozi uy yoki oila odamlari manosini bildiradi. Islom madaniyatida ushbu soz Muhammadning oilasini bildiradi.

Jamoa

Jamoa - kishilarning qad. uyushuv shakli. Bunda i. ch. vositalari hammaning mulki hisoblangan. J. tamoman yoki qisman ozini-ozi boshqargan. Urug, oila, xonadon, qishloq J.lari mavjud bolganligi malum. Rossiyada J. tor tabaqaviy birlik 1861 y.gi dehqonlar islohotidan keyin yer egasi bolib, olpon yigishda undan vosita sifatida foydalanilgan. Keng manoda J. nomi boshqa tarixiy birliklarga nisbatan ham qollaniladi.

Grammatik kategoriya

Grammatik kategoriya - 1) max sus korsatkichlar yordamida sozlarning ozgarish, birikish va gap hosil qilish qoidalariga asoslangan umumgrammatik tushuncha. G. k. grammatikaning qaysi sohasiga oidligiga kora morfologik va sintaktik kategoriyaga bolinadi. Sintaktik kategoriyalar morfologik kategoriyaga teng bolmaydi. Mac, bizning oila - toq oila. Bu jumlada morfologik jihatdan tort soz, uch xil soz turkumi bor, sintaktik jihatdan esa faqat ikki bolak - ega va kesim mavjud. Ld.:Gulomov A. G., Asqarova M. A., Hozirgi zamon ozbek tili, T., 1961.

Diplomatik korpus

Diplomatik korpus - keng manoda - muayyan mamlakatda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalarning barcha diplomatik xodimlari ; tor manoda - fakat diplomatik vakolatxonalar boshliklari. D.k. nomidan, odatda, duayen gapiradi.

Kadxudo

Kadxudo, kadxudot - 1) dastlab katta oila - kat boshligi, keyinchalik qishloq oqsoqoli; 2) hozirgi Eronda qishloq oqsoqoli; 3) el-yurt ichida sozi otadigan, gapiga hamma quloq soladigan oqsoqol, sardor.

Dayaklar

Dayaklar - Indoneziya, Malayziya va Bruneydagi xalqlar guruhi, Kalimantan o.ning tubjoy aholisi. 3.7 mln. kishi. Indonez guruhiga mansub tillarda sozlashadi. Ananaviy diniy etiqodlarga amal qilishadi. Xristianlar va musulmon sunniylar bor. D.ning deyarli barchasi qol mehnatiga asoslangan dehqonchilik bilan mashgul. Ovchilik, baliqchilik va terimchilik otroq D.da qoshimcha mashgulot sanaladi. D.ning qishloqlari, asosan, daryo qirgogining sayoz joylarida joylashgan. 100 - 500 aholiga moljallangan qishloqlarda 50 tagacha oila yashaydigan ananaviy uzun uylar bilan bir qatorda 1 - 5 oila uchun ...

                                     

ⓘ Oila

Oila deb qon-qarindoshlik, qarindoshchilik yoki birga istiqomat qilish orqali boglangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Kop jamiyatlarda oila bolalar sotsializatsiyasi uchun asosiy institut vazifasini otaydi. Antropologlar oilalarni matrilokal, er-xotin va qon-qarindosh tiplarga ajratishadi.

Oila - nikoh yoki tugishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning azolari rozgorining birligi, ozaro yordami va manaviy masuliyati bilan bir-biriga boglangan. O.ning eng muhim ijtimoiy vazifalari - inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, O. azolarining turmush sharoitini va bosh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular tasirida ozgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat ozgarib mos O. tipini, oilaviy munosabatlarni ornatadi.

O. jamiyat tarixida azaldan mavjud bolmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toda-toda bolib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar mu-ayyan tartib-qoidaga ega bolmay, todadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, songra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib guruxli O. paydo bolgan. Lekin, bu O.larda hali er-xotin nikohi bar-qaror alohida xojalikka ega bolmagan. Bu davrda tabiiy omil oz vazi-fasini tugalladi, yani jinsiy munosabatlar doirasidan qonqarin-doshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi.

Ijtimoiy ishlab chiqarish - chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan erkaklar mehnatining qadri oshdi, mah-sulot ishlab chiqarishda ulushi ortdi, binobarin, ularning ijtimoiy mavqei ham tubdan ozgardi. Mavjud qoida tartiblar - farzandlarning onagagina tegishli bolishi, ona mulkiga merosxor sanalishi erkaklarning yangi mavqeiga zid kelib qoldi. Natijada ota xuquqiga asoslangan patriarxal O. vujudga keldi. Shunday qilib, hozirgi individual O.ning otmishdoshi - monogam O. vujudga kelgan k. Monogamiya.

O. xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni ozida sinovdan otkazadi. Yaxshilarini oz bagrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. O. oz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangich ij-timoiy yonalish beradi. Oz farzandlarini katta oqimga - jamiyatga qoshish bilan esa O. jamiyat yonalishi, iqtiso-diyoti, madaniyati va marifatini ham belgilashga oz tasirini korsatadi. Shuning uchun ham Sharqsa O. qadim-qadimdan muqaddas qorgon hisoblanib kelingan. Xususan, ozbek O.larining serildizlik, serbutoklik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Ozbeklarda O.larning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta rozgor tutishi, farzandlarni odobli, mana-viy yetuk bolib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli katta. ozbek O.lari ozlarining mustahkamligi, saran-jom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mexr-oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi qarang Oila tarbiyasi.

Ozbekistonning davlat mustaqilligi tufayli xalqimizning azaliy milliy urf-odat va marosimlari qaytadan tiklana boshlandi, bu udumlar O.ni mustahkamlashda muhim orin egallaydi. Ozbekiston hukumati O. masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim bolgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi. OzR Konstitutsiyasining 63-moddasiga kura, O. jamiyatning asosiy bogini hisoblanadi, u jamiyat xdmda davlat tomonidan muhofazada bolish huquqiga ega. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boyicha boshqa qonuniy hujjatlar ham qabul qilinib, amaliy tadbirlar belgilangan. Jumladan, "Kam taminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralari togrisida" 1994 yil 22 avg.da farmon chiqarilib, muhtoj oilalarga moddiy va manaviy yordam berishning kolami kengaytirildi. O.ni jamiyatning ravnaq topilishidash tutgan orni va ishtirokini yanada oshirish, O.larning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, manaviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qollab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil taminlash maqsadida OzR Prezidenta 1998 yilni "O. yili" deb elon qildi. Shunga asosan, O. manfaatlarini taminlash borasidaamalga oshiriladigan tadbirlar togri-sida davlat dasturi ishlab chiqildi. OzR Xotin-qizlar qomitasi huzurida Respublika "Oila" ilmiyamaliy markazi tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga solishga bagishlangan Ozbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilingan.