ⓘ Kommunizm - xususiy mulkchilikni inkor qilishga asoslangan turli karashlarning umumiy nomi. Unga kora, yagona umumiy mulk jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishini ..

Qoramurt

Qoramurt qishlogi - Janubiy Qozogiston viloyati Sayram tumani tarkibida. Aholisi kamida 15 ming kishini tashkil qiladi, milliy tarkibi ozbeklar. Qoramurtda 5 ta maktab faoliyat yuritmoqda.

Qirgiziston bayrogi

Qirgiz qozgolonchilari 1898-yildagi Andijon qozgoloni paytida oq plakatlarni "Milliy ozodlikning Oq bayrogi" deb nomlangan taqib yurishgan. Keyinchalik, 1916-yildagi Orta Osiyo qozgoloni paytida, ular Jizzaxdagi qozgolon paytida va yana Prebechakenskaga hujum paytida undan foydalanishgan and during an attack on Prebechakenska. Sovet Ittifoqi davrida, Sovet Ittifoqi respublikasi bolgan Qirgiziston Sovet Ittifoqi bayrogidan kelib chiqqan va 1953-yilda qabul qilingan bayroqdan kommunizm vakili sifatida foydalangan. U 1991-yil 31-avgustda Sovet Ittifoqi parchalanishidan tort oy oldin ozini mus ...

                                     

ⓘ Kommunizm

Kommunizm - xususiy mulkchilikni inkor qilishga asoslangan turli karashlarning umumiy nomi. Unga kora, yagona umumiy mulk jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining asosini tashqil qiladi. Bu goya "ideal jamiyat" nomi bilan Platon, keyinroq T.Mor, Tommaso Campanella, Sh.Furye va boshqalarning asarlarida ilgari surildi, Kommunizm yoki kommunistik jamiyat nomi bilan 19 - 20-asrlarda Karl Marx, Friedrich Engels va Vladimir Lenin asarlarida nazariy ifodasini topdi. Markscha tarixiy jarayon haqidagi qarashga binoan, Kommunizm - kapitalizm ornini egallaydigan va oz taraqqiyotida 2 bosqich - sotsializm deb ataladigan quyi bosqich hamda tola Kommunizm deb ataladigan yuqori bosqichni bosib otadigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadir. Kommunizm nazariyotchilari bu ikki bosqichning oziga xos jihatlari hamda umumiy tomonlari mavjudligini korsatishga urinishgan. Umumiy tomoni iqtisodiy jihatdan yagona ijtimoiy mulkka asoslanganligi, oziga xos tomoni esa - mehnat taqsimoti tamoyili bilan belgilanadi, deb uqtirishgan. Chunonchi, ular Kommunizmda "har kimdan qobiliyatiga yarasha, har kimga ehtiyojiga yarasha" tamoyili amal qiladi, "Kommunizmda muhim ijtimoiy tafovutlar bolmaydi, hamma teng boladi", "davlat oz vazifasini bajarib boladi va barham topadi", deb hisoblashgan.

Kommunizm goyasining asosida tarixni faqat materialistik tushunish, formatsiyaviy qarash, sinfiylik va partiyaviylik tamoyillariga asoslanish, proletariat manfaatlarinigina himoya qilish kabilar yotadi. Jamiyat taraqqiyoti qonunlariga, inson erkinligi, mustaqillik va demokratiya tamoyillariga zid bolgan bu goyalar sobiq SSSR hududida, "sotsialistik lager" deb atalgan jahon sotsialistik sistemasi davlatlarida tatbiq qilindi. 20-asrning 20-yillaridan zorlik yoli bilan proletariat amalda partiyaning mamuriy-buyruqbozlikka asoslangan diktaturasi ornatildi. Rivojlanish va taraqqiyotning xilma-xilligi, turli xalqlar va mamlakatlarga xos milliymanaviy xususiyatlarning mavjudligi inkor etildi. Dunyo mamlakatlari va xalqlarining yagona kommunistik jamiyatga borishini asoslashga harakat qilindi. Birok, Kommunizmning "erkinlik", "tenglik" togrisidagi shiorlari soxta va asossiz ekanligi malum boldi.

Hozirgi vaqtda ayrim davlatlar sotsializmni bozor munosabatlari bilan boglashga harakat qilmoqsalar, Kommunizm togrisidagi qarashlarga oz xususiyatlarini hisobga olgan holda yangicha yondoshmoqdalar. Lekin yaqin otmishda Kommunizm yoki kommunistik jamiyat qurish yolini tanlagan davlatlarning aksariyati bugungi kunda mustaqil davlatlar sifatida ozlariga xos rivojlanish yolidan bormoqdalar.

Kommunistcha goyalarda insoniyatning eng oliyjanob orzulari, inja tilaklari mujassamlanadi. Kommunizm asoslarida, inson, inson bolganidan beri yaxshilikni qumsaydi, yaxshilik saltanatini barpo etishni orzu qiladi, bu saltanatda hamma teng, bir-biriga mehribon, gamxor boladi. Unda har qadamda, har ishda adolat qaror topadi, zulm, haqsizliklar unutiladi, odamlar urush neligini esdan chiqaradi. Hamma yurtlar, hamma elatlar, hamma xalqlar bir-biriga qolni berib, bir-biriga komaklashib, bunyodkor mehnat bilan band boladi degan goya ilgari suriladi.