ⓘ Plastik materiallar. Plastmassalar, plastik massalar, plastiklar - tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali birikmalar asosida olinadigan materiallar. Issiqlik yo ..

                                     

ⓘ Plastik materiallar

Plastmassalar, plastik massalar, plastiklar - tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali birikmalar asosida olinadigan materiallar. Issiqlik yoki bosim tasirida qoliplanadi va qoliplangan shaklini mustahkam saqlaydi. P.dan yasalgan mahsulotlar yengilligi, elektr tokini, issiq-sovuqni otkazmasligi, atmosfera tasirlariga chidamliligi, yemiruvchi muhitga, haroratning keskin ozgarishiga bardoshliligi, mexanik mustaxkamliligi yuqoriligi va murakkab shaklli buyumlar yasash mumkinligi bilan boshqa materiallardan ajralib turadi.

P. polimerlarning turiga kora, termoplastlar va reaktoplastlarga bolinadi. Termoplastlar tarkibida chiziqsimon yuqori molekulali birikmalar yoki sopolimerlar bor. Chiziqsimon polimerlar asosiga qurilgan P. tarkibida plastifikatorlar, boyagichlar ham boladi. Plastifikatorlar yuqori temperaturada P.ning plastikliligini oshiradi va qoliplangan mahsulotni qayishqoq hamda sovuqqa chidamli qiladi. Termoplastlar sovuqqa chidamsiz, 60 - 100° dan yuqori temperaturada mustahkamligini tez yoqotadi. Lekin kopchilik termoplastlar zarbga chidamliligi, dielektrik tavsiflarining yuqoriligi, optik shaffofligi, ulardan murakkab shaklli buyumlar qoliplash osonligi bilan reaktoplastlardan farq qiladi. Termoplastlar ortacha kuch va 60 - 100° temperaturada ishlaydigan umumiy maqsadlarga moljallangan asbob qismlari, shuningdek, elektr va radiotexnika buyumlari tayyorlashda qollanadi. Termoplastlardan ishlangan buyumlar kimyoviy tasirlarga ota chidamli, yeyilmaydigan poliamidlar, polietilente-reftalat, optik shaffof polimetil -metakrilat, polistirol boladi.

Reaktoplastlar tarkibida isitilganda yoki katalizatorlar fenolformaldegid va karbamid smolalar hamda qotirgichlar tasirida torsimon tuzilishga ega bolgan polimerlar hosil qilib qotadigan polimerlar boladi. Reaktoplastlardan tayyorlangan buyumlar qotganidan keyin issiqlik tasirida buzilmagunicha ozining shishasimon holatini saklaydi. Reaktoplastlarning tarkibida toldirgichlar, chiziqsimon polimerlar: qotish jarayonini rostlagichlar, boyagichlar, termostabilizator, antiseptiklar boladi. Reaktoplastlar toldirgichlar turiga kora, kukunli, tolali, listli xillarga bolinadi. Qotirilgan P. dan tayyorlangan buyumlar 100 - 350°da kuchning uzoq, muddatli tasiriga bardosh beradi polimer va toldirgich turiga qarab. Reaktoplastlar yuqori kuchda ishlaydigan, issiqqa uzoq chidaydigan, keskin atmosfera tasiriga bardosh beradigan va yaxshi dielektrik xossali bolgan mahsulotlar ishlab chiqarishda qollaniladi.

Tabiiy smolalar asosida olinadigan P. qadimdan malum. Suniy polimer - nitrotsellyuloza sellyuloza nitratidan tayyorlangan eng dastlabki P. selluloid bolib, u 1872 yilda AQSH da ishlab chiqarila boshlagan. 1906 - 10 yillarda Rossiya va Germaniyada tajriba sanoa-tida 1-reaktoplastlar - fenol-formaldegid smolalar asosida olinadigan materiallar ishlab chiqarish yolga qoyildi. 30-yillarda sobiq SSSR, AQSH, Germaniya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda termoplastlar, polivinilxlorid, polimetilmetakrilat, poliamid, polistirollar ishlab chiqarishi tashkil etildi. Lekin P. sanoati 2-jaxon urushidan keyingina rivojlandi, 20-asr 50-yillarida kopchilik mamlakatlarda polietilen P. koplab ishlab chiqarila boshladi.

Ozbekistonda 10 ga yaqin korxona P.ni qayta ishlaydi. Shulardan Toshkent plastmassa zavodi, Ohangaron qurilish buyumlari zavodi, Jizzax plastmassa ishlab chiqarish zavodi ixtisoslashgan korxonalardir.

Qurilishda P. pollarga qoplashda va boshqa pardoz ishlarida, binolarni germetiklash, gidro va termoizolyasiyalash, quvurlar, sanitariya-texnika uskunalari ishlab chiqarishda, yopmalar, deraza, eshik, sayyohlar uychasi, yozlik pavilonlar tayyorlashda qollaniladi. Mashinasozlik materiallari ichida P. yetakchi orinni egallaydi. P. mahsulotlar tannarxini arzonlashtiradi, mashinalarning muhim texnik iqtisodiy parametrlari, massasi kamayadi, puxtaligi, ishonchliligi va h.k. oshadi. P.dan tishli gildiraklar, podshipniklar, roliklar, stanok yonaltirgichlari, quvurlar, boltlar, gaykalar va boshqa ishlab chiqariladi. P.ning aviatsiyasozlikda keng qollanilishiga sabab ularning yengilligi va texnik xossalarini ozgartirish imkoniyatiga egaligidir. Raketa va kosmik kemalar ishlab chiqarishda ham P. muhim ahamiyat kasb etdi. Reaktoplastlardan foydalanib reaktiv dvigatellar, samolyotlarning kuch agregatlari, raketa korpuslari, gildiraklar, shassi ustunlari, vertolyotlarning parraklari, issiqlik saqlash elementlari, osma yonilgi baklari tayyorlanadi. Termoplastlar oyna elementlari, antenna suyurmalari va h.k. ishlab chiqarishda qollaniladi.

P. kemasozlikda kemalarning korpusi va korpusli konstruksiyalar asosan, shishaplastlar, kema mexanizmlarining detallarini tayyorlashda, kema xonalarini pardozlash, ularni issiq, tovush va gidroizolyasiyalashda ishlatiladi.

Avtomobil sozlikda P.dan avtomobil kabinalari, kuzovlari va ularning yirik gabaritli qismlari, dvigatel, transmissiya shassi detallari tayyorlanadi.

Qishloq xojaligida P. sugorish inshootlari qurishda, tuproqni mulchlasht, uruglarni dorilash va qishloq xojaligi mahsulotlarini saqlashda ishlatiladi.

Tibbiyot sanoatida P.dan koplab asboblar, maxsus idishlar ishlab chiqariladi. Jarroxlikda plastmassadan tayyorlangan yurak klapanlari, qol-oyoq protezlari, ortopedik qoyilmalar, koz soqqasi va boshqa ishlatiladi.

                                     

1. Xossalari

  • Plastmassa zichligi 0.85 - 1.8 g/sm³ kichik, elektr va issiqlik otkazish qobiliyati juda past material hisoblanadi. Mexanik mustahkamligi ham yuqori darajada emas.
  • Isitish jarayonida eriydi.
  • Namlikka, asoslar va kislotalar tasiriga chidamlidir. Eritgichlar turiga qarab har xil tasir qilishi mumkin.
                                     

2. Adabiyot

  • Ismoilov I. I., Djalilov A. T., Askarov M. A., Ximicheski aktivnie polimeri i oligomeri, T., 1993; Asqarov M. A., Ismoilov I. I., Polimerlar kimyosi va fizikasi, T., 2003.
                                     

3. Havolalar

  • 600 dan oshiq plastik turining royxati ingl.
  • Arxivlandi 2009-07-06Wayback Machine saytida.