ⓘ Janoza - islomda dafn etish marosimi; mayyit, murda, tobut. Quronda Janoza togrisida hech qanday korsatma berilmagan. Fiqhga oid asarlarda Janozaga batafsil tav ..

Janoza duosi

Аллооҳуммағфир лиҳаййинаа ва маййитинаа ва шааҳидинаа ва ғооъибинаа ва соғиийринаа ва кабиийрина ва закаринаа ва унсаанаа. Аллооҳумма ман аҳяйтаҳуу миннаа фа аҳйиҳии ъалал-ислаам. Ва ман таваффайтаҳу миннаа фатаваффаҳуу ъалал-ииймаан.

                                     

ⓘ Janoza

Janoza - islomda dafn etish marosimi; mayyit, murda, tobut. Quronda Janoza togrisida hech qanday korsatma berilmagan. Fiqhga oid asarlarda Janozaga batafsil tavsif berilgan. Janoza marosimi turli musulmon mamlakatlarida turlicha bolib, islomgacha bolgan davrda ushbu xalqlarda mavjud bolgan tegashli urf-odatlar bilan qorishib ketgan. Biroq, amalda hamma yerda rioya qilinadigan asosiy qoidalarni ajratib korsatish mumkin. Olim yaqinlashib kelayotganini sezgan musulmon kalimai shahodat keltirishi lozim. Agar uning

Janoza - keng manoda - islomdagi dafn etish marosimi qarang Dafn marosimi; mayit; tobut. Tor manoda - vafot etgan musulmon erkak va ayol jasadini komish oldidan oqiladigan namoz saloti J. J. marosimlari turli musulmon mamlakatlarida turlicha bolib, ular tegishli urf-odatlar b-n boglangandir. Shariat korsatmalariga qaraganda, J. namozi tirik tugilgan begunoh chaqaloqdan tortib, gunoh qilgan, qilmaganligidan qati nazar barcha marhum va marhumalarga oqiladi. Quron oyatlari va hadisi shariflarda ifoda etilgan qoidalarga kora, murdani yuvib, kafanga orab, tobutga joylagach musulmonlar jamoati ishtirokida imom boshchiligida ado etiladi. J. namozini qiblaga yuzlangan holda, saf-saf bolib oqiydilar. "Azobda olganlar", shahid bolganlar yuvilmaydi va J. oqilmay komilaveradi. Biror sabab b-n J.siz komilgan bolsa, murda aynimay turib, qabr ustida J. namozi oqilishi mumkin. J. namozini oqish tiriklar zimmasidagi farzi kifoya amallardan bolib, uni bir guruh musulmonlar oqishi b-n boshqa kishilar zimmasidan soqit boladi. Islom diniga kora, marhum J.siz komilgan taqdirda imkoniyat bola turib J. oqimagan kishilar gunohkor hisoblanadilar. J. namozi 5 vaqt oqiladigan namozdan kop jihatdan farq qiladi. Maye, J. namozida tort takbir, sano, salovat, duo va salom b-n kifoyalaniladi. Unda ruku, sajda, qiroat, qada, tashaxdud kabi amallar yoq.

Abdulaziz Mansur.

ozi buni amalga oshira olmasa, uni boshqa odam qulogiga shivirlab aytishi lozim. Bemor Yosin surasini oqishi yoki eshitishi kerak. Olim sodir bolgandan keyin murdaning yuzi qiblaga qaratib qoyiladi. Undan song murdani odatda maxsus odam - gassol yuvadi gusl qiladi. Gusldan song murda 2-5 qavatdan iborat toza matoga oralib kafanlanadi. Kafanlik odatda, oq, yashil, qora mato bolishi mumkin. Murdaning kozini yumib, engagi boglanadi. Tizzalari bir-biriga boglanib, qollari kokragiga buklab qoyiladi. Shundan song uyida yoki masjidda marhumga Janoza namozi oqiladi. Oz joniga qasd qilgan va dinsizlarga Janoza oqilmaydi. Chaqaloq loaqal bir marta ovoz chiqarib yigagan bolsa unga Janoza oqiladi. "Shahid ketganlar" gusl qilinmaydi va qanday kiyimda qazo qilgan bolsa, osha kiyimda dafn etiladi. Janoza oqilmaydi. Agar olim ertalab sodir bolgan bolsa, osha kuni imkon boricha, kun botgunga qadar, agar kunduzi yoki kechasi vafot etgan bolsa ertasiga dafn etiladi. Ayollar odatda, dafn marosimida qabristonga borishmaydi. Ularning qattiq ovoz chiqarib yiglashlari ham man etiladi. Qabrga mayyitning yaqin qarindoshlarini tushirishadi va uning yuzi qiblaga qaratib qoyiladi. Qabr imkon boricha kengroq qilib kavlanadi, uning yon burchagida tuynuk bolib, undan pastga qaragan lahadga tushiladi. Unda etiqodga kora, Munkar va Nakir savol-javobga kelganda mayyit "otira oladigan" bolishi lozim. Buning uchun kafandagi bogichlar ham boshatib echib qoyiladi. Dafn marosimi Quron sura odatda 1.2, 18, 36, 44, 97-suralarini oqish bilan yakunlanadi.