ⓘ Yashnobod tumani - Toshkentdagi mamuriyhududiy birlik. 1968 yilda tashkil qilingan. Hamza nomiga qoyilgan. Garbda Amir Temur xiyoboni va Yoldosh Oxunboboyev koc ..

                                     

ⓘ Yashnobod tumani

Yashnobod tumani - Toshkentdagi mamuriyhududiy birlik. 1968 yilda tashkil qilingan. Hamza nomiga qoyilgan. Garbda Amir Temur xiyoboni va Yoldosh Oxunboboyev kochasidan boshlab sharqda Ohangaron yoligacha davom etadi. Xududi 3.46 ming ga shu jumladan, kokalamzorlar - 172 ga. Aholisi 208.7 ming kishi. Kuchalar soni 220 ta. Asosiy magistrallari: Jarqorgon, Lisunov, Hamza, Yoldosh Oxunboboyev kuchalari va Fargona, Ohangaron yollari. Hamza tumanida 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 2152 ta tashkilot, shu jumladan, 34 sanoat korxonasi ; 168 kurilish tashkiloti; temir yol transporti korxonalari - teplovoz va vagon depolari, Toshkent yuk ortishtushirish temir yol stansiyasi bor. Shuningdek, tumanda 37 transport va aloqa korxonalari joylashgan.

Keyingi yillarda tashkil qilingan "Farm Glase" Uzbekistan - Britaniya, "Tufin" Ozbekiston - Isroil, "LokKolorSintez" Ozbekiston - Shveysariya, "XobasTapo" Ozbekiston - Germaniya - Shveysariya, "NWA" - Ozbekiston - Rossiya qoshma korxonalarida import ornini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yolga qoyilgan.

Hamza tumanida Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi, 3 ilmiy tadqiqot instituta, Ozbekiston milliy axborot agentligi, 25 umumiy talim maktabi, 50 ta maktabgacha tarbiya muassasasi, 5 musika, maktabi, 4 kasbhunar kolleji, Toshkent birinchi tibbiyot instituti va biznes maktabi bor. 9 kasalxona, 30 poliklinika va ambulatoriya muassasasi, 1 qon kuyish stansiyasi faoliyat korsatadi. Aholiga 359 oziq-ovqat, 595 sanoat mollari dokonlari, 197 umumiy ovqatlanish, 324 maishiy xizmat korsatish shoxobchalari xizmat kiladi. 16 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr, 2 madaniyat saroyi, 4 madaniyat uyi, "BaxtRohat" dam olish zonasi bor. Turar joy fondining umumiy maydoni 2.5 mln.m2 ga yaqin.