ⓘ Siyosiy teoriya ..

Avtokratiya

Avtokratiya – yakka shaxsning hech qanday qonun, huquqiy me’yorlar bilan cheklanmagan yagona hokimligi. Qadimgi Sharq, Yunoniston, Rim imperiyalari, orta asr Yevropasi mutlaq monarxiya tuzumi, kommunistik va fashistik diktatura davrida Avtokratiya davlatning muhim belgisi bolgan.

Demokratiya

Demokratiya - - barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniga ega siyosiy tuzum. Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda ornatilgan va yuzaga chiqarilgan boladi. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. Demokratiyaning asosiy talablari kopchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning bolinishi, davlat boshligi va vakolatli organlarning saylab qoyilishidir. Demokratiyani ...

Fashizm

Fashizm - totalitar tipdagi siyosiy diktaturaga asoslangan hokimiyatning siyosiy konsepsiyasi. Bunda faqat yuqoridan pastga qarab buyruq beriladi. Fashizm demokratiyami"! qaramaqarshisi va uni inkor etish hisoblanadi, u hokimiyatning bolinishiga yol qoymaydi. Jahon tarixida Fashizmning bir necha korinishlari uchragan. Jumladan, Italiyada totalitar rejim hokimiyati, Germaniyada natsistlar Fashizmi, Portugaliyada harbiysiyosiy Fashizm, Ispaniyada harbiy otryadlar Fashizmning har qanday korinishi demokratiya tartibotlari va qadriyatlarini hech qachon etiborga olmaydi, bunday tizimda inson qad ...

Kommunizm

Kommunizm - xususiy mulkchilikni inkor qilishga asoslangan turli karashlarning umumiy nomi. Unga kora, yagona umumiy mulk jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining asosini tashqil qiladi. Bu goya "ideal jamiyat" nomi bilan Platon, keyinroq T.Mor, Tommaso Campanella, Sh.Furye va boshqalarning asarlarida ilgari surildi, Kommunizm yoki kommunistik jamiyat nomi bilan 19 - 20-asrlarda Karl Marx, Friedrich Engels va Vladimir Lenin asarlarida nazariy ifodasini topdi. Markscha tarixiy jarayon haqidagi qarashga binoan, Kommunizm - kapitalizm ornini egallaydigan va oz taraqqiyotida 2 bosqich - sotsia ...

Konservatizm

Konservatizm - ijtimoiy va madaniy hayotda anana va vorislik goyasiga tayanuvchi xilma-xil goyaviysiyosiy va madaniy oqimlar majmui. Tarixda K. turli shakllarda namoyon bolgan, lekin, umuman olganda, mavjud va barqaror ijtimoiy tizimlar hamda meyorlarga moyillik, inqilob va keskin islohotlarni qabul qilmaslik - K.ga xos asosiy xususiyat hisoblangan. Ijtimoiy ozgarishlar yuz berayotgan sharoitda K. eski tartiblarni qayta tiklash, boy berilgan mavqelarni asl holiga qaytarish va otmishni ideallashtirishda korinadi. "K" termini birinchi bor fransuz adibi F. Shatobrian tomonidan qollanilgan ham ...

Liberalizm

Liberalizm - odamlarning ozini, xatti-harakatlarini, mulkini boshqarishda erkin degan nuqtai nazarga asoslangan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy dunyoqarash, nazariya. Liberalizm 17-18-asrlarda Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan, u Jon Lokk, Adam Smit, Sharl Lui Monteskye va boshqalarning mutlaq hokimiyatga qarshi qaratilgan nazariyalariga asoslanadi. Liberalizm goyalari birinchi bor AQSH Konstitutsiyasi hamda "Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi" da mujassam bolgan. 19-asr va 20-asr boshlarida liberalizmning fuqarolik jamiyati, shaxs huquklari va erkinliklari, huquqiy davlat, demokra ...

Sotsializm

Sotsializm - xususiy mulkni ijtimoiy mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi talimot. Sotsializm tarafdorlari ana shu yol bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni mukammal jamiyat deb hisoblaydilar.

Totalitarizm

Totalitarizm - 1) davlat boshqaruv shakllaridan biri. Totalitarizmda jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan davlatning yalpi, tola nazorati ornatiladi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar tugatiladi, bir shaxs, ijtimoiy guruhning yakkahokimligiga sozsiz boysuniladi, muholafat va ozgacha fikrlovchilar qatagon qilinadi ; 2) etatizm, avtoritarizmni oklovchi siyosiy tafakkur yonalishi. 20-asrning 20-yillaridan Totalitarizm Germaniya va Italiyadagi fashistlarning rasmiy mafkurasiga aylangan.