ⓘ Yer mantiyasi - Yer posti bilan Yer yadrosi orasida joylashgan qatlam. Ye. m. Yer hajmining 83% ini, massasining 67% ini egallaydi. Yer postidan Moxorovichich y ..

                                     

ⓘ Yer mantiyasi

Yer mantiyasi - Yer posti bilan Yer yadrosi orasida joylashgan qatlam. Ye. m. Yer hajmining 83% ini, massasining 67% ini egallaydi. Yer postidan Moxorovichich yuzasi bilan ajralgan. Qalinligi 2865 km bolib yuqori chegarasi orta hisobda yer yuzidan 33 km va ostki chegarasi Moxorovichich yuzasidan qariyb 2900 km chuqurlikdan otadi. Chegaralar qatlamlardan otuvchi seysmik tolqin tezligining keskin ozgarishi bilan aniqlanadi. Ye. m. yuqorimantiya otkazuvchanlik obl. va ostki mantiyaga bolinadi. Yuqori mantiya oz navbatida substrat, Gutenberg qatlami va Golitsin qatlamiga bolinadi. Ye. m.ning etagidan kalinligi 100 km dan kamroq bolgan qatlam mavjud. Qatlamdagi seysmik tolqinlarning tezligi chuqurlashgan sari oshmaydi, hatto sal pasayadi. Yuqori mantiyaning tarkibi peridotitga oxshash massadan iborat deb faraz qilinadi; qalinligi 850 - 900 km, hajmi Yer shari hajmining 0.1667 qismiga teng. Unda seysmik tolqinlarning tezligi 8.00 - 8.97 km/sek, zichligi 3.34 - 3.64 g/sek3, gravitatsion maydon 985 sm/sm2, bosim 0.009* 1012 din/sm2 dan 0.141 x 1012 din/sm2 gacha ozgaradi.

Otkazuvchanlik obl.ining tarkibi ozgarib turadi, qalinligi 571 km. Yer shari hajmining 0.2131 qismini tashkil qiladi. Seysmik tolqinlarning tezligi 8.97 - 11.0 km/sek. Zichligi 3.64 - 4.68 g/sm3, gravitatsion maydon 998 - 997 sm/sek2, bosim 0.141 x YU12 din/sm2 dan 0.392x1012 din/sm2 gacha ozgaradi.

Ostki mantiyaning tarkibi bir xil, kalinligi 1914 km. Yer shari hajmining 0.4428 qismini tashkil qiladi. Seysmik tolqinlarning tezligi 11.42 - 13.64 km/sek. Zichligi 4.68 - 5.68 g/sm3, gravitatsion maydon 995 - 1037 sm/sek2, bosim 0.392xYu12 din/sm2 dan 1.37* 1012 din/sm2 gacha ozgaradi.

E. m. Yerning vujudga kelgan davrida qattiq holatda bolgan yoki qattiq kimyoviy birikmalar tarkibiga kirgan kimyoviy elementlardan tashkil topganligi taxmin qilinadi. Bu elementlar ichida: O, Si, Mg, Fe aksari qismini tashkil etadi. Hoz. tasavvurlarga kora Ye.m.ning tarkibi tosh meteoritlar tarkibiga yaqin turadi.

Bazi olimlar esa uni katta kuch bilan siqilgan suyuklik holatida deb hisoblaydilar. Vulkan otilishlaridan hosil bolgan lavalar Ye.m. moddasini toliq bolmasa ham suyuq holatda ekanligi togrisida guvohlik beradi. Shuningdek, modda va uning ayrim qismlarini suyuq holatda ekanligini seysmometrik malumotlar ham tasdiqlaydi.

E.m.ning temperaturasi va bosimi chuqurlashgan sari ozgarib boradi. Yer posti ostidagi bosim 1.3 - 1.4 mln. atmosferaga yaqin deb hisoblanib, okean osti Yer posti bosimi kontinental bosimdan ancha kam ekanligi takidlanadi. Turli tadqiqotchilarning fikricha, Ye.m. pastki gorizontlarining temperaturasi 1500 dan 10000° gacha, yuqori gorizontlarining temperaturasi bazaltoid tog jinslari erish temperaturasi chegarasida 1000 - 1300°dir. Shuningdek, Ye.m.ning elektr otkazuvchanligi ham chuqurlashgan sari ortib boradi. Ye.m.dagi moddalarning fizik holati va unda sodir bolayotgan geokimyoviy jarayonlarni organish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Yer postining tektonik harakatlari va temir, mis rudalari, oltin, platina konlari va b.ning paydo bolishi ushbu jarayonlar bilan bogliqdir yana qarang Yer.

                                     

1. Adabiyot

  • Problemi stroyeniya zemnoy kori i verxney mantii, sb. st., M., 1970; Bugayevskiy G. N., Seysmologicheskiye issledovaniya neodnorodnostey mantii Zemli, Kiyev, 1978; Subbotin S. I., Voprosi gravimetrii, issledovaniya zemnoy kori i mantii, teoriya tektogeneza, Kiyev, 1979.