ⓘ Yer osti suvlari - Yer postining yuqori qismidagi tog jinslari qatlamlarining govak boshlikdarida joylashgan suyuq, qattiq, bugsimon holatdagi suvlar. Ye.o.s. u ..

                                     

ⓘ Yer osti suvlari

Yer osti suvlari - Yer postining yuqori qismidagi tog jinslari qatlamlarining govak boshlikdarida joylashgan suyuq, qattiq, bugsimon holatdagi suvlar. Ye.o.s. umumiy suv resurslarinkt bir qismi bolib, suv taminoti va sugorish manbai sifatida xalq xojaligi uchun katta ahamiyatga ega. Sugoriladigan yerlarning meliorativ ahvoli grunt suvlarining holati bilan belgilanadi. Ye.o.s.ni gidrogeologiya fani organadi. Suv molekulyar kuchlar tutib turadigan boglangan hamda ogirlik kuchi yoki bosim farqi tasirida harakatda boladigan gravitatsion yoki erkin holatda bolishi mumkin. Boglanmagan suv bilan toyingan tog jinslari qatlamlari suvli gorizont deyiladi, ular suvli komp-lekslarni hosil qiladi. Ye.o.s. suv saqlovchi jinslarda tuplanish harakteriga kora govak, dara - qattiq jinslarda va karst suvlariga bolinadi. Joylashish sharoitiga kora Ye.o.s. tuproq suvi, mavsumiy suvlar ; grunt suvlari va qatlamlararo suvlarga bolinadi.

Kelib chiqishiga kora Ye.o.s. atmosfera yoginlari, daryo va sugorish suvlarining shimilishi natijasida hosil boluvchi infiltratsion; tog jinslari qatlamlarida suv buglarining quyuqlashuvidan hosil boluvchi kondensatsion; chokindi tog jinslari paydo bolish jarayonida dengiz suvlarining komilib qolishi natijasida hosil bolgan sedimentatsion va magma soviganda yoki Yer mantiyasidan chiqadigan yuvinil suvlariga bolinadi. Ye.o.s. ning yer yuziga tabiiy chiqishi bulok, chashma deyiladi va oqib chiquvchi va qaynab chiquvchi qaynar buloqlarga bolinadi.

E.o.s. tabiiy eritmalar bolib, tarkibida deyarli barcha malum kimyoviy elementlar uchraydi. Minerallashuvi suvda erigan moddalarning umumiy miqdori, g/l boyicha Ye.o.s. chuchuk 1.0 gacha, shortam 1.0 - 10.0, shor 10.0 - 50.0 va namakob 50 dan kop turlariga bolinadi. Harorati boyicha esa sovigan 4° gacha, sovuq 4 - 20°, iliq 20 - 37°, issiq 37-42°, qaynoq 42 - 100° va ota qaynoq 100° dan yuqori Ye.o.s. ga bolinadi.

Infiltratsion suv tabiatda keng tarqalgan, qolganlari sof holda juda kam uchraydi. Aholi, sanoat va yaylovlarni suv bilan taminlashda, yerlarni sugorishda, tibbiyotda mineral suvlar, issiqlik bilan taminlashda issiq suvlar, har xil tuz va kimyoviy elementlar olishda Ye.o.s. dan foydalaniladi. Ye.o.s. yerlarning botqoqlanishi va shorlanishiga sabab boladi. Bunga qarshi kurashish uchun ochiq va yopiq gorizontam drenajlar va burgi quduqlari kavlanadi. Chollarda Ye.o.sdan keng foydalanildi. Qoraqum, Qizilqum va Ustyurt yaylovlari asosan Ye.o.s. bilan taminlangan.

U rta Osiyo hududida 150 dan ortiq yirik Ye.o.s. konlari anikdangan. Ularning har yili tiklanib turadigan ekspluatatsion zaxirasi 1500 m3/s dan ortiq, chuchuk suvlar hissasi 1000 m3/s yaqin, qolgan qismi esa turli darajada 2 - 3 dan 15 g/l gacha minerallashgan. Orta Osiyoda 40 mingdan ortiq foydalaniladigan burgi quduqlari mavjud, ulardan 5 mingga yaqini suvi otilib chiqadigan artezian quduqlaridir; ularning kopchiligidan ekinlarni sugorishda foydalaniladi qarang Artezian suvlari.

                                     

1. Adabiyot

  • Mavlonov G. O., Kenesarin N. A., Yer osti suv xazinasi, T., 1960; Kenesarin N. A., Sultonxojayev A. N., Yer osti suvlari va ulardan xalq xojaligida foydalanish, T., 1962; Mirzayev S. Sh.,Formirovaniye i razmesheniye zapasov podzemnix vod Ozbekistona, T., 1974; Hasanov A., Sharipov E., Yer osti suvlari sirli xazina, T., 1970.

Saidrahmon Mirzayev.