ⓘ Yerni ishlash - ekinlarning osishi uchun eng qulay sharoit yaratish va unumdorligini oshirish maqsadida tuproqqa mexanik tasir korsatish usullari. Ye. y.dan aso ..

                                     

ⓘ Yerni ishlash

Yerni ishlash - ekinlarning osishi uchun eng qulay sharoit yaratish va unumdorligini oshirish maqsadida tuproqqa mexanik tasir korsatish usullari. Ye. y.dan asosiy maqsad osimliklar ildizining yaxshi rivojlanishi uchun yerning haydalma qatlam tuzilishini va tuproqning tuzilma xossalarini ozgartirish, tuproqning yuza qatlamidagi oziq moddalarni osimlik ildizi tarqaladigan qatlamlarga tushirish yoli bilan oziq moddalarning aylanishini tezlashtirishdan va tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarga tasir etishdan iborat. Yer yaxshi ishlansa, begona otlar, kasallik qozgatuvchilar va zararkunandalar yoqoladi, osimliklar qoldigi va ogit tuproqqa aralashadi, eroziya jarayonlarining oldi olinadi va tuproqdan nam va oziq moddalar isrof bolishi kamayadi, ekin urugining meyordagi chuqurlikka komilishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Qurgoqchil r-nlarda Ye. i. dagi vazifa tuproqda nam toplash bilan birga uning behuda buglanib ketishiga ham yol qoymaslikdan iborat.

Yerni asosiy, maxsus vayuza ishlash usullari bor. Yerni asosiy ishlash deganda, oldingi ekin yigib olingandan keyingi dastlabki eng chuqur haydash tushuniladi. Eroziyaga uchramagan yerlarda bu, odatda, qatlamni agdarib haydashdir. Yerni maxsus ishlashning usullari frezerli, plantajli, qatlamlab haydash mas, qosh yaruslidan iborat. Yuza ishlashda yumshatish chuqurligi bazan 12 - 14 sm yuza yumshatish, kultivatsiyalash, boronalash, shleyflash usullaridan foydalaniladi. Yerni ishlashning alohida olingan har bir usuli bir yoki bir nechta texnologik operatsiyani oz ichiga oladi va yerni ishlashdagi barcha vazifalarni taminlay olmaydi. Shu sababli Ye. i.da bir necha usuldan foydalanish zarurati kelib chiqadi. Tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan, izchillik bilan bajarilgan va asosiy vazifalarni amalga oshirishga moljallangan Ye. i. usullarining majmui Ye. i. tizimi deyiladi. U asosiy, ekish oldidan va ekishdan keyingi ishlov berishni oz ichiga oladi.

E. i.ning texnologik operatsiyalari: qatlamni agdarish, yumshatish, aralashtirish, zichlash, tekislash, begona otlar ildizini kesish, egat, ariq, joyak olish, qatlam yuzasida angizni saqlash va b.dan iborat.

Qatlamni agdarish, yani tuproq qatlamlarini almashtirish agronomik xossalari bilan farq qiladigan qatlamlarini aralashtirishdan iborat.

Angiz qoldiqlarini, chim, ogitlarni, begona otlar urugini, kasallik qozgatuvchilar va zararkunandalarni dastlabki rivojlanish davridayoq tuproqqa komib yuborish uchun ham qatlamni agdarish zarur. Buning uchun dalalar agdargichli plugda haydaladi. Yerni qosh yarusli plugda 35 - 40 sm yoki chimqirqarli plugda 30 - 40 sm chuqurlikda agdarib haydash yaxshi Samara beradi. Yerni yumshatish dalada traktor va mexanizmlar kop marta yurib otishi, kuzqishda va bahorda kop yogin yogishi, vegetatsion va shor yuvishdagi sugorish natijasida tuproqning haydalma qatlami va haydalma qatlam osti juda zichlashib ketganda amalga oshiriladi. Bu ish alohida yoki boshqa operatsiyalar agdarish, aralashtirish bilan birga bajariladi. Yerni yuza 6 - 8 sm chuqurlikda yumshatishda "zigzag" boronadan, aylanuvchi motigadan, 12 - 16 sm chuqurlikda yumshatishda diskli borona, chizel kultivatordan; 20 sm va undan ortiq chuqurlikda yumshatishda agdargichi olingan plugdan, chuqur yumshatkichli plugdan, yassi keskich - chuqur yumshatkichli qurollar va b.dan foydalaniladi. Tuproqni aralashtirish natijasida haydalma qatlam birxillashadi, organik moddalarning parchalanishidan hosil boladigan mahsulotlar, mineral ogitlar bir tekis taqsimlanadi. Tuproqni zichlashda tuproq uvoqlari bir-biriga yanada zich joylashishi taminlanadi, kesaklar maydalanadi, haydalgan yer tuprogi birmuncha otiradi; bunda tuproqni shamol kam uchiradi, urug unishi uchun qulay sharoit vujudga keladi va h.k. Yer yuzasini tekislash shor yuvish ishlari sifatli bolishini taminlaydi, shudgorlangan yerni ekin ekish oldidan joriy tekislash natijasida ekish, ekinlarni parvarish qilish va hosilni yigib olish uchun qulay sharoit yaratiladi. Yerni joriy tekislash ishlari boronalash va mola bostirish bilan qisman qolda bajariladi. Yana q. Dehqonchilik, Yer haydash.

                                     

1. Adabiyot

  • Ekish oldidan tuproqni ishlashda mashinatraktor agregatlaridan togri foydalanishga oid tavsiyalar, T., 1980; Baymetov R. I., Miraxmatov M., Toxtakuziyev A., Obrabotka pochvi na povishennix skorostyax dvijeniya v zone xlopkovodstva, T., 1985.

Abdurahim Ermatov.