ⓘ Yovvoyi olma - olma avlodiga mansub yovvoyi holda osadigan olma turlari. Bogdorchilikda urugidan payvandtag va yangi navlarni chiqarishda seleksion material sif ..

                                     

ⓘ Yovvoyi olma

Yovvoyi olma - olma avlodiga mansub yovvoyi holda osadigan olma turlari. Bogdorchilikda urugidan payvandtag va yangi navlarni chiqarishda seleksion material sifatida foydalaniladi, mevasidan povidlo, jem kabi mahsulotlar tayyorlanadi. Ozbekistonda 10 turi uchraydi. Yo.o.ning turlari, asosan, Toshkent viloyati ning togli zonalarida tarqalgan. Asosiy turlari: Ormon olmasi - uning juda kop tur xillari va shakllari bor. Yevropa ormonlarida tarqalgan. Daraxti kam bachki chiqaradigan uzun tanali. Qurgoqchilikka va sovuqqa chidamli, eng yaxshi payvandtag hisoblanadi. Olxori bargli olma - kitayka - Sibir, Uzok. Sharq, Qozogiston, Qirgizistonda osadi. Sovuqqa chidamli. Bal. 10 m, ildizlari baquvvat, mevasi mayda, qizgishsariq yoki qizil. Past boyli olma - Yevropa, Kavkaz, Qrim, Orta Osiyoda tarqalgan. Past boyli daraxtining novdalari tukli va ildizi bakuvvat, bir necha turxillari bor. Issiqsevar, bu turga dusen va paradizka kiradi. Paradizka, rayka - pakana butasimon daraxt. Bal. 2 m, sovuqqa chidamsiz. Pakana payvandtag sifatida ekiladi. Sharq yoki Kavkaz olmasi - Kavkazda, Qrim va Orta Osiyoning togli mintaqalarida osadi. Sovuqqa chidamsiz, qurgokchilikka chidamli. Mahalliy Kavkaz navlari bogdorchilikda ustirib madaniylashtirilgan. Sivere olmasi - yovvoyi holda Orta Osiyo toglarida usadi. Sovuqqa chidamliligi ortacha, vegetativ kopayish xususiyatiga ega. Orta Osiyo boglaridagi olmalarning asosiy payvandtagi. Turkman olmasi - Kopetdog toglarida usadi. Boyi 3 - 5 m, ildiz bachkilari kop bolgani uchun tez kopayadi, tupi kichikroq. Mevasi ortacha yirik, och yashiljigarrang, issiqqa chidamli. Yer osti suvi yuza joylarda yaxshi osadi. Turkistonda "baboarab olmasi", Xorazmda "xazorasp" yoki "xorazm olmasi" nomi bilan mashhur. Qizil olma yoki Nedzevedskiy olmasi - Tyanshanda va Orta Osiyoda ekma holda uchraydi. Yovvoyi turlari, asosan, Toshkent viloyati toglarida kop. Ayrim turlari manzarali osimlik sifatida ekiladi. 19-asrning oxiriga qadar Ozbekistonda Yo.o.ning turxillari ekib kelingan. 19-asrning oxiri - 20-asrning 20y.laridan chet ellarda chiqarilgan madaniy navlar tarqala boshladi.

Sulton Xolnazarov.