ⓘ Yovvoyi gozalar, gozaning yovvoyi turlari - Cossypium L. turkumiga mansub 50 tur gozadan 45 tasini oz ichiga oladigan yovvoyi turlar. Xromosomalarining soniga q ..

                                     

ⓘ Yovvoyi gozalar

Yovvoyi gozalar, gozaning yovvoyi turlari - Cossypium L. turkumiga mansub 50 tur gozadan 45 tasini oz ichiga oladigan yovvoyi turlar. Xromosomalarining soniga qarab Yo.g. 2 guruhga bolinadi. Birinchi guruhga koproq diploid turlar, ikkinchi guruhga tetraploid turlar kiradi. Barcha diploid turlar xromosomalarining tuzilishiga qarab 6 genomli - A, V, D, Ye, S, G guruhidan iborat; tetraploid turlar AD genomli boladi. Yo.g. Yer sharining neotropik, paleotropik va Avstraliyaning floristik olkalarida tarqalgan. Ular madaniy gozalardan tarqalish arealining torligi, turlararo polimorfizmning juda sust ifodalanganligi, shoxlanishining monopodial yoki aralash bolishi, kosaqlarining juda maydaligi, tola va chigit tuklari orasida aniq chegara yoqligi bilan farqlanadi. Tolasining uz. 0.5 - 15 mm. Tolasi och sariq, toq sariq, qoramtirqongir yashil, kumushsimonkok boladi. Deyarli hamma tur chigiti toshchigit bolganligi tufayli tabiiy sharoitda juda uzoq vaqt yaxshilab namlangandagina unib chiqadi. Bu xususiyat turning uzoq vaqt davom etadigan qurgoqchilik va b. noqulay sharoitlarda osishi va saqlanib qolishiga yordam beradi. Yo.g. uzoq davom etgan evolyusiya jarayonida nisbatan qisqa kunga organib, uzun kunda xrsil berish qobiliyatini yoqotgan. Ular tropik mintaqada yaxshi osib rivojlanadi; kuzqishbahor sharoitida kun 11 - 12 soat yorug boladigan davrda bemalol gullab, hosil beradi. Yo.g. hosil olish maqsadida ekilmaydi, biroq, ularning har biri noyob va qimmatli xususiyatlarga ega: sovuq, qurgoqchilik, viltga chidamli, tolasi mustaqkam va nihoyatda serhosil. Shuning uchun ulardan genetikaseleksiya tadqiqotlarda foydalanish mumkin.

                                     

1. Adabiyot

  • Goza, 1j., T., 1957; Jukovskiy P. M., Kulturnie rasteniya i ix sorodichi, 3 izd., L., 1971; Abdullayev A. A., O melchen ko M. V., Goza turlari, T., 1977.

Abdumavlon Abdullayev.

Yovvoyi gozalar: A) Sturt gozasi; B) Davidzon gozasi: / - poyasi; 2 - bargi; 3 - guli; 4 - kosagi; 5 - chanogi.