ⓘ Yozyovon tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1952 yil 16 aprelda tashkil etilgan. Yozyovon tumani viloyatning Toshloq, Oxunboboyev, Oltiariq, Buvayda tumanlari ..

                                     

ⓘ Yozyovon tumani

Yozyovon tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1952 yil 16 aprelda tashkil etilgan. Yozyovon tumani viloyatning Toshloq, Oxunboboyev, Oltiariq, Buvayda tumanlari, Namangan viloyatining Pop tumani, Andijon viloyatining Ulugnor, Boz tumanlari bilan chegaradosh. Maydon 0.41 ming km 2. Aholisi 71.6 ming kishi. Yozyovon tumanida 1 shaharcha, 10 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Yozyovon shaharchasi. Aholisi, asosan ozbeklar, shuningdek, qirgiz, tojik, rus, tatar, qoraqalpoq va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km 2 ga ortacha 174 kishi togri keladi.

                                     

1. Tabiati

Yozyovon tumani Fargona vodiysining markazida, Yozyovon cholida joylashgan. Relyefi asosan tekislik bolib, shim.ga tomon qiya. Yer yuzasi gil, qumoq, qumloq va qumdan iborat. Shim.garbiy qismida barxanlar - dong qum, marza qum shakllari uchraydi. Qumli cholning bir qismini saqlab qolish maqsadida 1991 yilda "Yozyovon choli" tabiat yodgorligi mayd. 1842 ga tashkil etilgan. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq, qishi sovuq. Yoginning kop qismi bahor va qishda yogadi. Iyulning ortacha tempaturasi 27°, yanvar niki - 2.2°. Vegetatsiya davri 218 kun. Yiliga 120–130 mm yogin tushadi. Fargona Xojand darvozasi orqali vodiy ichkarisiga esuvchi kuchli "Qoqon shamoli" ekinlarga katta zarar keltiradi. Qishda teztez tuman tushadi. Yozyovon tumanidan Katta Andijon kanali va Yozyovon soyi oqib otadi. Suv inshootlari, artezian va drenaj quduqlari yordamida yer osti suvlaridan foydalaniladi. Tuproqlari asosan sugoriladigan otloq, qisman qumli va qumli otloq tuprokdar hamda shorxoklardan iborat. Vohalarda madaniy ekinlar, mevali va manzarali daraxtlar, butalar, begona otlar, qumliklarda qora saksovul va oq saksovul, qandim, cherkez, yulgun osadi. Xilmaxil qushlar, turli kaltakesaqlar, tulki, bori, chiyabori yashaydi. "Qizil kitob"ga kiritilgan qizil astragal, fargona chipor kaltakesagi, shtraux qurbaqaboshi, echkemar uchraydi.

                                     

2. Iqtisodiyoti

Yozyovon tumani asosan qishloq xojaligiga ixtisoslashgan bolib, yetakchi tarmogi paxtachilikdir. Sugoriladigan yerlar 18.5 ming ga, shu jumladan 7.8 ming ga paxta, 6.9 ming ga donli ekinlar, 2 ming gadan ziyod yer yemxashak ekinlari, 424 ga sabzavotpoliz ekinlari, 924 ga meva va tokzorlar bilan band. Yozyovon tumani fermer va shaxeiy xojaliklarida 15.6 ming qoramol, 18.6 ming qoy va echki, 270 dan ziyod yilqi, 10.5 ming parranda, 600 ga yaqin asalari uyasi bor. Pillachilik rivojlangan. Yozyovon tumanida 2 gisht zavodi, 5 qurilishtamirlash ustaxonasi, avtokorxona, 910 kichik va xususiy korxonalar bor. Yozyovon tumanidan Fargona - Namangan, Qoqon - Andijon avtomobil yollari otgan. Yozyovon tumanidagi 33 umumiy talim maktabi, 1 kollej, 2 litsey, sport maktabida 18.3 ming oquvchi talim olmokda, 35 jamoat kutubxonasi, muzey, 10 dorixona, 801 orinli 8 kasalxona, 4 poliklinika, 23 tibbiy shoxobcha mavjud. Aholiga 230 savdo shoxobchasi xizmat korsatmokda. 1952 y.dan "Markaziy Fargona" tuman gazeta chiqadi adadi 9000.