ⓘ Yonuvchi aralashma - dvigatellarda yonilgi bilan havo ning malum nisbatdagi aralashmasi. Yo. a. karbyuratorli ichki yonuv dvigateli da silindrdan tashqarida ben ..

                                     

ⓘ Yonuvchi aralashma

Yonuvchi aralashma - dvigatellarda yonilgi bilan havo ning malum nisbatdagi aralashmasi. Yo. a. karbyuratorli ichki yonuv dvigateli da silindrdan tashqarida benzin buglari bilan havo dan, gaz bilan ishlaydigan IYOD da gaz bilan havodan, dizel dvigatellarida silindrga kiritilgan qisilishidan qizigan havo bilan unga purkalgan dizel yonilgisidan hosil boladi. Yo. a. tarkibidagi 1 kg yonilgiga togri keladigan havo miqdoriga qarab, meyordagi, suyuq, suyuqlashgan, quyuklashgan va quyuq xillarga bolinadi. Bu miqdor IYODga tushadigan yuk ga qarab tanlanadi. Mas, dvigatelni ishga tushirishda quyuq, ortiqcha yuk bilan ishlashda quyuklashgan, tekis yolda bir maromda harakatlanishda meyordagi, pastlikka tushishda suyuqlashgan va salt ishlashda suyuq Yo. a. hosil qilinadi. Avtotraktor dvigatellarida sovuq dvigatelni ishga tushirishda soriladigan havo yolini tosib, boshqa hollarda esa akselerator tepkisi ni bosib boshatib Yo. a. miqdori rostlanadi.