ⓘ Yongindan saqlanish tadbirlari - yonginning oldini olish va tarqalishiga yol qoymaslik tadbirlari majmui. Sanoat va fuqarolar obyektlarini loyihalash va qurishd ..

                                     

ⓘ Yongindan saqlanish tadbirlari

Yongindan saqlanish tadbirlari - yonginning oldini olish va tarqalishiga yol qoymaslik tadbirlari majmui. Sanoat va fuqarolar obyektlarini loyihalash va qurishda bu tadbirlar kozda tutiladi, obyektlardan foydalanish davrida ularga rioya qilinadi. Texnologik qurilmalar va elektr uskunalar tizimining yonginga nisbatan xavfeizligini taminlash; otga chidamli qurilmalarni tanlash, suv bilan taminlash yollarini qurish; bino yoki inshootlarning bir qismidan qoshni qismiga yongin tarqalishiga yol qoymaslik uchun yonginga qarshi devor lar, yonmaydigan yopma va pardalar qurish ishlari Yo. s. t.ga kiradi. Yonginga qarshi devorlar qurish mumkin bolmagan hollarda yonginga qarshi zonalar, yani binoning otga chidamli materiallardan qurilgan va seksiyalarga ajratilgan uchastkalari hosil qilinadi. Paxta sanoati korxonalari yonginga qarshi kurash qoidalariga rioya qilgan holda shamolning aksariyat yonalishi boyicha turar joy rnlaridan keyin quriladi. Paxta omborlari va b. katta inshootlar shamolning aksariyat yonalishi ularning diagonali boyicha otadigan qilib quriladi va bu yonalish boyicha avval yongin chiqish xavfi koproq bolgan obyektlar, keyin uchqun chiqish xavfi bolgan binolar joylashtiriladi. Paxta omborlari yoki buntlari orasida yoki ular bilan boshqa binolar orasida yongin yetib bormaydigan darajada masofa qoldiriladi. Mas, paxta omborlari orasi 30 m dan, paxta buntlari orasi 20 m dan kam bolmasligi kerak. Sanoat korxonalari xrvlilarida moyli lattaputtalar yigishtirilib, alohida ajratilgan joylarda saqlanishi lozim. Yongin chiqqanligini va uning ochogini aniklash uchun yongin signalizatsiyasi vositalari ornatiladi. Zamonaviy binolar yonginga qarshi avtomatik tizimlar bilan jihozlanadi. Bunda binoning shiplariga ornatilgan datchiklar xona ichidagi tra keskin kotarilganda yoki tutun konsentratsiyasi kopayganda signal beradi va suv yoki gazli ot ochirish tizimini ishga tushiradi. Kopgina samolyot va kemalar ham ana shunday tizimlar bilan jihozlanadi. Yongin kopincha kishilarning beparvoligi va ehtiyotsizligi oqibatida, mas, yongan xavfeizligi yoki xavfeizlik texnikasiga rioya qilinmaganda, gaz plitalari yoqiq holda, elektr qizdirish asboblari ulangan holda qarovsiz qoldirilishi oqibatida kelib chiqadi. Korxona va idoralarning ichiga ot ochirgichlar, ot ochirish shlanglari, hovlilarida ot ochirishga tegishli anjomlar saqlanadigan shchitlar ornatiladi. Yo. ye t. va ot ochirish bilan bogliq masalalar bilan maxsus tashkilot shugullanadi.