ⓘ Yorkend zilzilasi - Xitoyning SinszyanUygur muxtor rni Yorkend vohasida 1897 y. 22 avg.da roy bergan. Markaziy Osiyoda sodir bolgan eng kuchli zilzilalardan. Bu ..

                                     

ⓘ Yorkend zilzilasi

Yorkend zilzilasi - Xitoyning SinszyanUygur muxtor rni Yorkend vohasida 1897 y. 22 avg.da roy bergan. Markaziy Osiyoda sodir bolgan eng kuchli zilzilalardan. Bu zilzila oqibatida Yorkend, Qashqar sh. va unga yaqin joylashgan boshqa shahar va qishloqlar vayronaga aylangan.

Zilzilani boshidan kechirgan odamlarning taxmini boyicha bu tabiiy ofat natijasida 6 - 7 ming kishi halok bolgan. Yo. z. tebranish kuchi epitsentrda taxminan 9 - 10 ball, magnitudasi 8.1 dan ziyod ekanligi qayd qilingan. Yer silkinishi bir yil davomida 9 marta takrorlanib, kuchi 7 - 8 balldan, magnitudasi 6 dan oshgan. Silkinishlar kuchi Olmaotadan tortib Andijon, Toshkent, Samarkandgacha sezilgan. Yo. z.ga Fargona tizmasining sharqiy qismida joylashgan TalasFargona yer uzilmasi sabab bolgan.