ⓘ Yoqilgi balansi - mamlakat miqyosida har xil yoqilgi turlarini qazib olish, qayta ishlash va ulardan foydalanish balansi. Ozbekiston yoqilgienergetika resurelar ..

                                     

ⓘ Yoqilgi balansi

Yoqilgi balansi - mamlakat miqyosida har xil yoqilgi turlarini qazib olish, qayta ishlash va ulardan foydalanish balansi. Ozbekiston yoqilgienergetika resurelarida yoqilgi hissasi 99.2% ni tashkil qiladi. 20-asr boshlarida Ozbekistonning Yo. b.da otin va qisman neft asosiy orinni egallagan. 20-asrning 50y.lari ortalaridan boshlab yangi neft va gaz konlari ochildi va ishga tushirildi. Natijada Yo. b.da otin va komir hissasi kamayib, yoqilgi qazib olishda neft va gaz hissasi uzluksiz oshib bordi. Ozbekiston Yo. b.da tabiiy gazning yalpi miqdori 1958 y. dan 1965 y.gacha 4% dan 80 % ga ortdi, neft hissasi 48.8% dan 10.5% ga, kumir hissasi 46.6% dan 9.2% ga, otin hissasi 0.6% dan 0.2% ga kamaydi. Ozbekiston Yo. b.ning chiqim qismi tarkibi ham ozgardi: yoqilgining katta qismi sanoat va transport i. ch. ehtiyojlari uchun, bir qismi aholi ehtiyojlari uchun sarflanadi. Yoqilgidan sanoatning qora metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati kabi tarmoqlarida foydalaniladi. Ayniqsa sanoatda texnologiyu yoqilgi va xom ashyo sifatida gaz kop ishlatiladi. Ozbekistonda 2000 y.ga kelib respublikaning yoqilgienergetika balansi asosini gaz, neft va komirni qazib olish tashkil qiladi Chet mamlakatlardan AQSH va Kanada neft va gaz qazib olishda oldingi orinlarda turadi. Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiyada asosan kumir qazib olinadi, lekin bu mamlakatlarda import orqali neft va gaz istemoli birinchi orinda turadi.

Hojiakbar Abdubekov.

                                     
  • moyjuvozlarga va aholiga sotilgan. Neft krldiklari esa t. y. transportida yoqilgi sifatida ishlatilgan. O zbekistonda 1913 y.da 13 ming t neft olingan. O zbekistonda