ⓘ Jabrlanuvchi - jinoyat oqibatida yoxud aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida manaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar korgan shaxc. Manaviy zarar ..

                                     

ⓘ Jabrlanuvchi

Jabrlanuvchi - jinoyat oqibatida yoxud aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida manaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar korgan shaxc. Manaviy zarar fuqaroning ornomusi va insoniy qadr-qimmatini toptashda, uni boshqa fuqarolar oldida kamsitishda, jamoatchilik oldida obroini tushirishda va badnom qilishda ifodalanadi. Jismoniy zarar - fuqaroning badaniga shikact va sogligiga putur yetkazish, jismoniy azob va ogriklarga duchor qilish, mulkiy zarar - shaxciy mulkni gayriqonuniy ravishda olish, unga shikact yetkazish yoki mulkka egalik qilish huquqini buzish demakdir. Fuqaroni J. deb topish haqida surishtiruvchi, tergovchi va prokuror - qaror, sud esa - ajrim chikaradi. Agar J. voyaga yetmagan yoki muomalaga layokatsiz deb topilgan bolsa, ishda uning qonuniy vakili ishtirok etadi. J.ning olimi bilan tugagan jinoyat ishlarida J. huquklari qonunga binoan yaqin qarindoshlariga otadi.

J.ga jinoyat ishida faol ishtirok etish va huquqlarini himoya qilish uchun keng vakolatlar berilgan. J.: korsatuvlar berish, dalillar taqdim qilish, iltimosnoma berish va rad etish, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud harakatlari ustidan shikoyat qilishga; dastlabki tergov tugagandan keyin ishdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishga; sud muhokamasi olib borilayotgan tilni bilmasa, oz ona tilida gapirish va tarjimon xizmatidan foydalanishga hakli. J. oz manfaatlarini shaxsan ozi yoki oz vakili orqali himoya qilishi mumkin. J. sud muhokamasida qatnashayotib, guvohlarga, ekspertga, sudlanuvchiga, boshqa J.larga, fuqarolik davogari va fuqarolik javobgariga savollar, sud tergovining istalgan paytida sud tekshirayotgan ish holatlari yuzasidan korsatuv berish, arz qilingan fuqarolik davosini quvvatlash huquqiga ega. J. ashyoviy dalillar va hujjatlarni hamda jinoyat sodir bolgan joyni kozdan kechirishda ishtirok etishi, sud majlisi protokoli bilan tanishishi va protokol yuzasidan oz mulohazalarini malum qilishi mumkin. J. hukm ustidan shikoyat qilishga, boshqa shaxslarning shikoyat va prokuror protesta bilan tanishishga, ular yuzasidan etirozlar bildirishga haqli. J. ish yuzasidan bilganlarini malum qilishga va qoyilgan savollarga javob berishga majbur. Kursatuvlar berishdan bosh tortganligi va bila turib yolgon kursatuvlar berganligi uchun J. jinoiy javobgarlikka tortiladi OzR JPK, 54 - 55-moddalar.