ⓘ Jangi loy, Loy jangi - Amir Temur va amir Husayn ibn Musallabning Jeta xoni Ilyosxojaga qarshi jangi. 1361 y. Amir Temur va amir Husayn mogullar istilosiga qars ..

                                     

ⓘ Jangi loy

Jangi loy, Loy jangi - Amir Temur va amir Husayn ibn Musallabning Jeta xoni Ilyosxojaga qarshi jangi. 1361 y. Amir Temur va amir Husayn mogullar istilosiga qarshi bosh kotarib, 3 yil davom etgan janglardan song, nihoyat 1364 y. oxirida ularni Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga muvaffaq bolishadi. Biroq, 1364 y. bahorida Ilyosxoja Movarounnahrga katta qoshin bilan yurish qiladi. Shunda Amir Temur va amir Husayn Toshkent bilan Chinos oraligida, Chirchiq daryosi boyida unga qarshi lashkar toplaydi. Ilyosxoja Konibodom tomonidan ularga yaqinlashib kelgach, ikki taraf lashkarlari qarama-qarshi saf tortadi. Amir Husayn qoshinning barangarshta, uning qunbuliga esa arlot qabilasidan Tilonchi, hirovuliga Oljaytu qomondonlik qiladi. Juvangarta Amir Temur, uning qunbuliga qipchoq qavmidan Sori Bugo, hirovuliga Temir Xoja Oglon bosh boladi. Gulyaa Joku, Sayfuddin, Murod, Abbos Bahodir kabi atoqli amir va beklar jangga hozir turadi. Amir Temur va amir Husaynning birlashgan bu qoshini son jihatdan dushman lashkaridan ancha kop edi. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, shunda Ilyosxoja halol jangda golib kelolmasligini payqab, bir hiyla ishlatadi: yadachi yada toshi yordamida kuchli jala yogdiradi. Natijada jang maydoni loylanib, Amir Temur va amir Husayn qoshini mushkul ahvolda qoladi, kiyim-kechak, qurol-yaroglar shu darajada namiqib ketadiki, otliqning ham, piyodaning ham qimirlashga majoli yetmaydi. Ilyosxoja lashkari esa kigiz yopinib, ozlarini yomgirdan pana qiladilar. Shunday ogir sharoitga qaramay, Amir Temur dushmanning barangariga qattiq zarba beradi. Lekin, shu asnoda dushman qoshinining qunbuli Tilonchi yetakchiligidagi qunbuldan ustun kelib, uni amir Husayn boshchiligidagi juvangargacha quvib boradi. Amir Husayn askarlari sarosimaga tushib, qocha boshlaydi. Qoshinning ong qanotidagi bu xatarli vaziyatni korgan Amir Temur oz qol ostidagi navkarlar bilan dushmanning amir Shamsuddin boshchiligidagi juvangariga kuchli zarba berib, uni tozitib yuboradi. Song, u amir Husaynga chopar yuborib, qolga kiritilgan galabani mustahkamlash uchun dushmanning asosiy kuchlariga birgalikda hujum qilish lozimligini malum qiladi. Ammo, amir Husayn bunga konmaydi. Ertasi ertalab yana jang boshlanib, Ilyosxoja qoshini yengiladi. Amir Temur va amir Husayn uni quvib ketayotib, amir Shamsuddin boshchiligidagi juvangardan ajralib qolgan mogullar todasiga duch kelib, ular bilan jang qilishga majbur boladi. Shunda dushman parokanda navkarlarini toplab, qayta tartibga keltirishga muvaffaq boladida, tashabbusni oz qoliga olib, kuchli zarba bilan Amir Temur va amir Husayn qoshinini ikkiga ajratib yuboradi va galaba qozonadi. 10 mingdan ortiq askaridan ayrilgan Amir Temur va amir Husayn Kesh tomon chekinadi.

                                     

1. Adabiyot

  • Sharafiddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1994; Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996; Dadaboyev H., Amir Temurning harbiy mahorati, T., 1996.

Hamidulla Dadaboyev.