ⓘ Janubiy ozbekiston tajriba stansiyasi - bogdorchilik, uzumchilik va subtropik ekinlar boyicha i. t. ishlari olib boradigan muassasa. Sorxondaryo viloyatining De ..

                                     

ⓘ Janubiy ozbekiston tajriba stansiyasi

Janubiy ozbekiston tajriba stansiyasi - bogdorchilik, uzumchilik va subtropik ekinlar boyicha i. t. ishlari olib boradigan muassasa. Sorxondaryo viloyatining Denov sh.da joylashgan. St-ya Butunittifoq seleksiya i. t. institutining Denov tayanch punkti asosida 1945 yili tashkil etilgan. 1956 y.dan R. R. Shreder nomidagi Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. instituti tarkibida. Asosiy vazifasi bogdorchilik, uzumchilik va subtropik mevalar ning agrotexnikasi uslublarini ishlab chiqish, eng yaxshi mahalliy va chetdan keltirilgan meva, uzum, subtropik ekinlar navlarini organish va ishlab chiqarishga joriy qilishdan iborat. St-yada uzumchilik va bogdorchilik, subtropik ekinlar bolimlari, agrokimyo lab. bor. St-ya hududida Davlat nav sinash tarmogining subtropik ekinlar nav uchastkasi, Ozbekistonda yaagona bolgan subtropik va ormon daraxtlarining 200 dan ortiq turini oz ichiga olgan noyob dendrariy bor. Eksperimental bazasining umumiy maydoni 136 ga, shu jumladan bog va uzumzorlarning eksperimental va kolleksion ekinlari mayd. 42.1 ga. St-ya kolleksiyasida anorning 140, anjirning 92, sharq xurmosining 62, urugli mevalarning 46, danakli mevalarning 55, uzumning 125 navi toplangan. St-ya kochatzorlarida har yili eng yaxshi subtropik mevali ekinlar va uzum navlarining 500 mingdan ortiq kochatlari yetishtiriladi. Yuqori hosildor anor, xurmo navlari yaratilgan, anjirning istiqbolli navlari ajratib olingan.