ⓘ Jez, latun - asosan, mis bilan ruxdan iborat qotishma. J. olish qadimdan malum. Ilgari misni pista komir qoshilgan pyx rudasi bilan birga eritib J. olishgan, 19 ..

                                     

ⓘ Jez

Jez, latun - asosan, mis bilan ruxdan iborat qotishma. J. olish qadimdan malum. Ilgari misni pista komir qoshilgan pyx rudasi bilan birga eritib J. olishgan, 19-asrga kelib misni togridan-togri pyx bilan birga eritib ola boshlashgan. Tarkibida rux miqdori ortgan sari J. rangi qizgishdan och sariq ranggacha ozgaradi. Korkamligi, arzonligi, mexanik xossalari yaxshiligi uchun mis qotishmalari ichida J. eng kop ishlatiladi.

Oddiy J. - misning fakat rux bilan qotishmasi. Tarkibida 10% gacha rux bolgan J. tompak, 1 0 - 2 0 % gacha rux ft/ bolgani yarim topak deb ataladi. Bularning zanglashga chidamliligi va plastikligi yuqori bolgani uchun ulardan radiator va kondensator quvurlari, list va lentalar tayyorlanadi. Tarkibida taxminan 30% rux bolgan J. patron latuni deyiladi va sovuqlayin shtamplash, presslash yoli bilan undan turli buyumlar olinadi. Tarkibida 39% gacha rux bolgan J. bir fazali a, 39 dan 45% gacha rux bolgani ikki fazali 5 qotishmalardir.

J. tarkibida rux miqdori kamaygan sari qotishmaning plastikligi ortib boradi. Eng plastik J. a - latundir. Tarkibida 45% dan ortiq rux bolgan J.lar juda qattiq va mort bolganligidan texnikada ishlatilmaydi. J.ning xossalarini yanada yaxshilash uchun alyuminiy, qalayi, temir, marganets, nikel, kremniy, qorgoshin va b. elementlar hammasi bolib 10% gacha qoshiladi. Shunda kop aralashmali maxsus J. hosil boladi. Tarkibida chamasi 15% rux va 0.5% alyuminiy bolgan J. tillarang bolgani uchun undan zargarlik va bezak buyumlari tayyorlanadi. Tarkibida 1.5% gacha qalayi bolgan J. dengiz latuni deyilib, dengiz suviga chidamli bolgani uchun kemalarga ishlatiladi, 3% gacha qorgoshin qoshilgan J. qarang Avtomat latuni avtomobil va soatsozlikda qollaniladi.

J. deformatsiyabop va quymabop xillarga bolinadi. Deformatsiyabop J.dan quvurlar, list, tasma, chiviq va b. prokatlanadi, quymabop J.dan esa armaturalar, antifriksion detallar, podshipnik vtulkalari va b. quyiladi. J. umumiy mashinasozlikda, asbobsozlikda, issiqlik texnikasi va b. sohalarda ishlatiladi.