ⓘ Jiltirbos - Orol dengizining jan. qirgogidagi botqoqlashgan kol. Qoraqalpogiston Respublikasi hududida joylashgan. 1960-y.lar boshigacha Orol dengizining qoltig ..

                                     

ⓘ Jiltirbos

Jiltirbos - Orol dengizining jan. qirgogidagi botqoqlashgan kol. Qoraqalpogiston Respublikasi hududida joylashgan. 1960-y.lar boshigacha Orol dengizining qoltigi bolgan. 60 - 70-y.larda dengizning qurib borishi tufayli quruqlikka aylandi. Lekin Amudaryoning ong tarmogi va ikkita tashlama orqali zovur suvining kelib turishi natijasida qurigan qoltiq ornida kol vujudga keldi. Daryo va tashlamalardan kolga quyilayotgan suv hajmi yillar davomida keskin farq qilgani uchun kol sathi turgun emas. Suvning minerallashuv darajasi har litrda 10 - 15 g. Ortacha chuq. 1 - 3 m, uz. 45 km, eni jan.da 10 km, shim.da 6 km. Mutlaq bal. 53 - 42 m, jan. dan shimolga chozilgan. Suvda qoga, qamish va b. suv osimliklari mavjud, qirgoqlari ham qamishzor. Toqayzorda qobon, suvli joylarda birqozon, baliqchi qush, ordak va b. yashaydi. J. baliqchilikda va ovchilikda foydalaniladi.